TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #437

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

ការមើល2,580ចំនួនការមើល
បានផ្សព្វផ្សាយ23 កញ្ញា23/09/2025, 11:11 AM
ខ្លឹមសារ

ខ្លឹមសារការប្រកាស

4️⃣4️⃣4️⃣ • “Oliy iqtisodiyot maktabi” milliy tadqiqot universiteti TDYUning 2-3-bosqich talabalari uchun akademik mobillik dasturini e’lon qildi Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlarning o‘rtacha bali (GPA) 70% yoki undan yuqori bo‘lishi va rus tilini bilish talab qilinadi. Akademik mobillik dasturi orqali xorijiy universitetda ta’lim olishni istagan talabalar quyidagi hujjatlarni 10-noyabrgacha fakultet dekanatlariga taqdim etishi kerak: — akademik transkript nusxasi; — xorijga chiqish pasportining shaxsiy ma’lumotlar sahifasi nusxasi; — sertifikatlar (ixtiyoriy); — bog‘lanish uchun ma’lumotlar. Semestr davri: 2026-yil 12-yanvardan 30-iyungacha. Yo‘naltiruvchi sessiyasi va yotoqxonaga joylashish: 2026-yil 10-yanvardan. Til talablari: — agar ta’lim ingliz tilida olib borilsa, ingliz tili darajasi kamida B2 (Upper-intermediate); — agar ta’lim rus tilida olib borilsa, rus tili darajasi kamida C1 (Advanced). Talabalar “Oliy iqtisodiyot maktabi” milliy tadqiqot universitetining yotoqxonalaridan biriga joylashadi. Yotoqxona narxi: oyiga 3000 rublgacha. Loyiha 2025/2026-o‘quv yilining 2-semestrida xorijiy hamkor universitetda kontrakt to‘lovisiz ta’lim olish imkonini beradi. Biroq transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va kundalik yashash xarajatlari talabaning o‘zi tomonidan qoplanadi. Dastur haqida batafsil… (https://studyabroad.hse.ru/incoming/start) @tsulbox