ខ្លឹមសារការប្រកាស
4⃣4⃣4⃣ • “BMT80 — Global qadriyatlar haftaligi” doirasidagi ko‘rik-tanlovlar boshlandi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 80 yilligini keng nishonlash maqsadida Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriat va magistratura talabalari o‘rtasida “BMT80 — Global qadriyatlar haftaligi” doirasida 20–24-oktyabrda quyidagi yo‘nalishlarda ko‘rik-tanlovlar o‘tkaziladi: 1. BMTning 80 yilligiga bag‘ishlangan maqolalar tanlovi. Bunda ishtirokchilar maqolalarini 19-oktyabrga qadar @Shoiraxon_Alamonova Telegram manziliga yuborishi lozim. 2. BMT doirasida norma ijodkorligiga bag‘ishlangan takliflar tanlovi. Bunda ishtirokchilar takliflarini MS Power Point dasturi orqali taqdimot va esse shaklida 19-oktyabrga qadar @AlijonovAyubjon Telegram manziliga yuborishi hamda hakamlar hay’atiga taqdimot ko‘rinishida himoya qilib berishi lozim. 3. BMTning 80 yilligiga bag‘ishlangan viktorina. Bunda ishtirokchilar 4 kishidan iborat guruh shakllantirib, belgilangan kunda viktorinada offlayn ishtirok etishi lozim. 4. BMTning 80 yilligiga bag‘ishlangan imitatsion tadbir (MUN). Bunda ishtirokchilar BMT modelini muayyan davlat delegatsiyasi sifatida berilgan mavzu asosida himoya qiladi. 5. BMTning 80 yilligiga bag‘ishlangan videoroliklar tanlovi. Bunda ishtirokchilar videoroliklarni 19-oktyabrga qadar @MrFarrux1 Telegram manziliga yuborishi lozim. Ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etishni istaganlar 15-oktyabr 18:00 ga qadar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak: https://forms.gle/cVawbDZny1mghSCx9 Har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-3 o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun @Shoiraxon_Alamonova Telegram manziliga murojaat qiling. @tsulbox