TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #459

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

ការមើល1,750ចំនួនការមើល
បានផ្សព្វផ្សាយ9 តុលា09/10/2025, 11:32 AM
ខ្លឹមសារ

ខ្លឹមសារការប្រកាស

⚖👨‍💻👩‍💻💬 • “O‘zbekistonda davlat va huquq taraqqiyoti: yangi yondashuvlar va tendensiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi Toshkent davlat yuridik universitetida yuridik fanlar doktori, professor Xojimurod Tuxtamurodovich Odilqoriyevning 70 yillik yubileyiga bag‘ishlangan “O‘zbekistonda davlat va huquq taraqqiyoti: yangi yondashuvlar va tendensiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Xalqaro anjumanda O‘zbekiston Resbublikasi Oliy Majlisi, Konstitutsiyaviy sudi, Adliya vazirligi, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi va siyosati akademiyasi vakillari, shuningdek Rossiya, Qirg‘iziston, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlardan nufuzli olimlar ishtirok etdi. Mamlakatimizda davlat va huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy ilmiy yondashuvlar hamda huquqshunoslik fanining dolzarb masalalari bo‘yicha fikr va tajriba almashishga qaratilgan konferensiyada davlat va huquq tizimining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari, ilg‘or xorijiy tajriba va milliy qonunchilikni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, professor Odilqoriyevning ilmiy merosi, davlat va huquq nazariyasi rivojiga qo‘shgan hissasi va yosh kadrlarni tayyorlashdagi xizmatlari haqida ma’lumot berildi. Anjumanda “Yangi O‘zbekiston” konsepsiyasi doirasidagi islohotlarning huquqiy asoslari, davlat boshqaruvini demokratlashtirish, inson huquqlarini ta’minlashning zamonaviy mexanizmlari va sud-huquq tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. @tsulbox