TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #461

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

ការមើល2,170ចំនួនការមើល
បានផ្សព្វផ្សាយ9 តុលា09/10/2025, 11:37 AM
ខ្លឹមសារ

ខ្លឹមសារការប្រកាស

4⃣4⃣4⃣ • TDYU hamkori bo‘lgan Roma Tre universiteti huquq maktabi 2-3-kurs talabalari uchun akademik mobillik dasturini e’lon qildi Ushbu dasturda o‘qishni xohlagan nomzodlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 80 foizdan kam bo‘lmasligi talab etiladi. Xorijiy universitetda akademik mobillik dasturida ishtirok etishni istagan talabalar quyidagi hujjatlarni 25-oktyabrga qadar fakultet dekanatlariga topshirishi lozim: 1. Akademik transkipt nusxasi; 2. Xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi; 3. Ingliz tilini bilish sertifikati: – TOEFL iBT — 80 va undan yuqori; – IELTS — 6.0 va undan yuqori; – TOEIC — 750 va undan yuqori; – Cambridge CAE yoki CPE — B2 va undan yuqori; 4. Faollik haqidagi boshqa sertifikatlar; 5. Bog‘lanish uchun ma’lumotlar. Onlayn tadbirlarda berilgan sertifikat va tavsiyanomalar qabul qilinmaydi. Loyiha xorijiy hamkor universitetda 2025/2026-o‘quv yilining kuzgi semestrini to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba TDYUda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi. Roma Tre universiteti tomonidan talabalar yotoqxonasi berilmaydi. Batafsil: https://portalestudente.uniroma3.it/mobilita/informazioni-generali/ @tsulbox