TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #474

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

ការមើល2,300ចំនួនការមើល
បានផ្សព្វផ្សាយ13 តុលា13/10/2025, 11:11 AM
ខ្លឹមសារ

ខ្លឹមសារការប្រកាស

0⃣0⃣0⃣ • “InTreaty” platformasi ishga tushdi “Xalqaro huquq sohasidagi asosiy xalqaro shartnomalarning o‘zbek tilidagi matnlari platformasini yaratish” grant loyihasi doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur dastur xalqaro ommaviy huquq va uning sohalari, inson huquqlari hamda xalqaro xususiy huquq sohasiga oid xalqaro shartnomalarning norasmiy (rasmiy) tarjimalari mujassamlashgan zamonaviy elektron platformadir. Platforma orqali xalqaro shartnomalarning asl nusxalari bilan tanishish, ularni chuqur tahlil qilish va professional tarjima qilish jarayonlarida bevosita qatnashish mumkin. Shuningdek, “InTreaty” platformasiga xalqaro shartnomalarning rasmiy o‘zbek tilidagi tarjimalari, bibliografik ma’lumotlar va qo‘shimcha hujjatlar, ilmiy maqolalar, monografiyalar va darsliklar, ensiklopedik lug‘at ham joylangan. Bundan tashqari, foydalanuvchilar uchun shaxsiy kabinet, “Yangiliklar” (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) hamda muhokama va taklif-mulohazalar uchun maxsus bo‘limlar mavjud. Platformadan uning rasmiy veb-sayti — https://intreaty.uz/ yoki mobil ilovasini yuklab olgan holda foydalanish mumkin. Ilovani yuklab olish… (https://apps.apple.com/uz/app/intreaty/id6740337262) Eslatib o‘tamiz, platformadan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tish majburiy! Ro‘yxatdan o‘tmagan foydalanuvchilar platformadagi kontentlardan foydalana olmaydi. Platformada ro‘yxatdan o‘tish tartibi… Ma’lumot uchun, “Xalqaro huquq sohasidagi asosiy xalqaro shartnomalarning o‘zbek tilidagi matnlari platformasini yaratish” loyihasi O‘zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarning o‘zbek tilidagi tarjimalaridan samarali foydalanish, huquqiy ma’lumotlar ommabopligini oshirish, yuridik terminologiyani boyitish va standartlashtirish, shuningdek, xalqaro maydonda davlatimiz nufuzini yanada yuksaltirishga xizmat qiluvchi muhim qadamdir. @tsulbox