TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #483

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

ការមើល1,450ចំនួនការមើល
បានផ្សព្វផ្សាយ14 តុលា14/10/2025, 10:05 AM
ខ្លឹមសារ

ខ្លឹមសារការប្រកាស

⚖️👨‍💻👩‍💻💬 • TDYUda “O‘zbekiston Respublikasida “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishning ekologik-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi 🌳 Toshkent davlat yuridik universiteti Ekologiya huquqi kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini milliy qonunchilikka samarali integratsiya qilish, xalqaro tajriba va ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish hamda ekologik-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, shuningdek, bu jarayonga davlat organlari vakillari, olimlar, mutaxassislar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirok etishini jadallashtirish, ekologik barqarorlikka erishish, iqtisodiy o‘sish bilan bir qatorda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va kelajak avlodlar uchun sog‘lom hayotiy muhitni ta’minlash yo‘lida amaliy hamkorlikni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan anjumanda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bekmirza Eshmirzayev, O‘zbekiston Ekologik partiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Baxriddin Xofizov, shuningdek, TDYU professor-o‘qituvchilari va doktorantlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. 🎙 Ma’ruzalar davomida “yashil iqtisodiyot”ning atrof-muhitni muhofaza qilishdagi o‘rni, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ekologik siyosatning huquqiy asoslari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi”ning dolzarb jihatlari yoritib berildi. 📝 Konferensiya yakunida ilmiy munozaralar o‘tkazilib, sohada huquqiy va institutsional mexanizmlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. @tsulbox