ខ្លឹមសារការប្រកាស
0️⃣0️⃣0️⃣ • TDYUda “Scopus Camp II” dasturiga start berildi Toshkent davlat yuridik universitetida “Scopus Camp II” dasturining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xalqaro hamkor tashkilotlar vakillari hamda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan yosh olimlar ishtirok etdi. Marosimda dastur maqsadi va istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berildi. Qayd etilganidek, mazkur dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad universitet olimlari va o‘qituvchilarining xalqaro ilmiy jurnallarda maqola chop ettirish ko‘nikmalarini rivojlantirish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda TDYUning xalqaro nufuzini oshirish, dastur ishtirokchilariga ilmiy maqolalarni Scopus bazasidagi nufuzli jurnallarda nashr ettirish uchun metodik ko‘mak va mentorlik yordami berishdir. “Scopus Camp II”da 20 nafarga yaqin professor-o‘qituvchi ishtirok etmoqda. Dastur davomida ular ilmiy maqolalarni tayyorlash, tahrirlash, xalqaro nashrlarda e’lon qilish bo‘yicha chuqurlashtirilgan treninglarda ishtirok etadi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun ilmiy maqola yozish metodikasi, akademik ingliz tili, plagiatning oldini olish, nashr etikasi va tahririy talablar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Mazkur tashabbus TDYUning xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlash, O‘zbekistonning huquqshunoslik sohasida global miqyosdagi ilmiy salohiyatini namoyon etish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. Dastur orqali universitet olimlari xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma tadqiqotlar olib boradi va zamonaviy ilmiy yondashuvlarni o‘rganadi. Ma’lumot uchun, 2025-yil fevralda Toshkent davlat yuridik universitetida “Scopus Camp” dasturi o‘tkazilgan edi. Dasturning dastlabki bosqichi natijasida ishtirokchilar tomonidan xalqaro hamkorlar bilan birgalikda tayyorlagan 12 ta ilmiy maqola yuqori reytingli (Q1) jurnallarda chop etildi. Xususan, “Legality”da 2 ta, “Journal of Human Rights, Culture and Legal System”da 5 ta, “Journal of Sustainable Development and Regulatory Issues”da 3 ta va “Ahwal”da 2 ta maqola nashr etildi. Bu yutuqlar Universitas Sebelas Maret (Surakarta, Indoneziya), State Islamic University (UIN) Salatiga, Universitas Muhammadiyah Malang hamda Contrarius Institute for International Academic Cooperation kabi xorijiy hamkorlar bilan yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik natijasidir. @tsulbox