ខ្លឹមសារការប្រកាស
2️⃣2️⃣2️⃣ • TDYUda “Irqiy kamsitishga barham berish va millatlararo totuvlikni mustahkamlash” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasida “BMTning Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyasining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi” doirasida tashkil etilgan anjumanda davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar ishtirok etdi. Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasida Irqiy kamsitishning barcha shakllarini bartaraf etish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya qoidalarining amalga oshirilishi masalalari, yurtimiz va boshqa mamlakatlarda irqiy tenglik sohasidagi erishilgan yutuqlar, irqiy kamsitishga qarshi kurashning qisqacha tarixiy retrospektivlari, millatlararo totuvlikni mustahkamlashda ta’lim va madaniyatning o‘rni, O‘zbekistonda irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi konvensiyani amalga oshirishdagi muammolar va istiqbollar muhokama qilindi. Tadbirda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Durban deklaratsiyasi va Harakatlar dasturining o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgani alohida qayd etildi. Ushbu deklaratsiya irqchilik, irqiy kamsitish, ksenofobiya va u bilan bog‘liq toqatsizlikka qarshi kurashda muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, ishtirokchilar mamlakatda inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ta’lim muassasalarida bag‘rikenglik mavzusidagi mashg‘ulotlarni kuchaytirish, ommaviy axborot vositalari orqali axborot kampaniyalarini tashkil etish va yoshlar o‘rtasida ko‘p madaniyatlilik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish zarurligini ta’kidladi. Anjumanda inson huquqlari himoyasini ta’minlash borasida mamlakatimiz tomonidan milliy va xalqaro darajada amalga oshirilayotgan ishlar haqida aholi xabardorligini oshirish maqsadida maqolalar tayyorlash va chop etishga kelishib olindi. @tsulbox