ខ្លឹមសារការប្រកាស
2️⃣2️⃣2️⃣ • TDYUda “Amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari: O‘zbekiston va Qozog‘iston misolida” mavzusida xalqaro amaliy seminar o‘tkazildi Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan. Mazkur hujjatda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hamkorlikda qator tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan, hamkorlik doirasida Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti professor-o‘qituvchilari, PhD Oljas Dosekeyev, Phd Yernar Shalxarov hamda Beybaris Turganbayev universitetimizga tashrif buyurdi va ular ishtirokida “Amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari: O‘zbekiston va Qozog‘iston misolida” mavzusida xalqaro ilmiy seminar o‘tkazildi. TDYU Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan seminarda ikki davlatda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari faoliyati, tizimi, vakolatlari, advokatura organlarining sud-huquq islohotlaridagi roli yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, tashrif davomida hamkor universitet professor-o‘qituvchilari “Prokurorlik faoliyati” hamda “Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish” modullari bo‘yicha dars mashg‘ulotlariga kirib, talabalarga mavzu yuzasidan Qozog‘iston qonunchiligi bo‘yicha ma’lumot berdi. Bundan tashqari, mehmonlar universitetda talabalarga yaratilgan sharoitlar, Yuridik klinika, Axborot-resurs markazi faoliyati hamda universitet muzeyi bilan tanishdi. @tsulbox