TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #532

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

ការមើល911ចំនួនការមើល
បានផ្សព្វផ្សាយ7 វិច្ឆិកា07/11/2025, 07:36 AM
ខ្លឹមសារ

ខ្លឹមសារការប្រកាស

2️⃣2️⃣2️⃣ • Ochiq eshiklar kuni: talabalar adliya tizimi faoliyati bilan tanishdi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan bo‘lajak huquqshunoslarni adliya tizimi faoliyati, davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish, talabalarning sohaviy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularda davlat organlari faoliyatiga nisbatan mas’uliyat, vatanparvarlik va xizmat burchi tuyg‘usini kuchaytirish hamda adliya organlarida faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun tashkil etilgan tadbir davomida ishtirokchilar Adliya vazirligi markaziy apparati, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Shayxontohur tuman adliya bo‘limi huzuridagi davlat xizmatlari markazida bo‘ldi. “Ochiq eshiklar kuni” doirasida ishtirokchilarga talabalar vazirlik tuzilmasi, asosiy yo‘nalishlari, qonunchilik tashabbuslari va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazidagi ekspertiza laboratoriyalari, huquqiy dalillarni ilmiy tahlil etish, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutidagi malaka oshirish tizimi, o‘quv kurslari va yuridik kadrlar salohiyatini rivojlantirish mexanizmlari, Davlat xizmatlari markazida aholiga ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlar haqida ma’lumot berildi va talabalar mazkur jarayonlar bilan yaqindan tanishdi. Tadbir davomida talabalar adliya tizimining ichki jarayonlari, xodimlarning mas’uliyati, davlat xizmatlarining avtomatlashtirilgan tartibi va sud-ekspertiza amaliyoti haqida ham foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldi. @tsulbox