ខ្លឹមសារការប្រកាស
🤝🌏👨🏫👩🏫🇺🇿🤝🇰🇷 • TDYU va Ajou universiteti hamkorligida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkaziladi Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.b., yuridik fanlar doktori, professor Islambek Rustambekov Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida Ajou universiteti Huquq maktabi rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish va ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, akademik hamkorlik asosida qo‘shma nashrlar, seminar va xalqaro konferensiyalar o‘tkazishga kelishib olindi. Mazkur kelishuvlar O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi yuridik ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, yosh olimlar va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda TDYUda ilg‘or xalqaro ta’lim modelini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ma’lumot uchun: Ajou universiteti Janubiy Koreyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, mamlakatdagi TOP-10 universitet qatoriga kiradi. Universitet QS World University Rankings bo‘yicha 563-o‘rinni egallagan. Ajou universiteti Huquq maktabi esa o‘zining amaliy tadqiqotlar markazlari, xalqaro professorlar tarkibi va zamonaviy o‘qitish texnologiyalari bilan ajralib turadi. Universitet xalqaro hamkorlik, texnologiyalarni huquqiy tartibga solish va innovatsion yondashuvlar sohasida yetakchilardan biridir. @tsulbox