ααααΉαααΆαααΆααααααΆα
βοΈπ¨βπ»π©βπ»π¬ β’ Sarbinaz Rasbergenova xalqaro konferensiyada ishtirok etdi Bishkek shahrida βSuv va energetika sohalarida gender va yoshlar: Markaziy Osiyoning inklyuziv kelajagini yaratishβ mavzusida xalqaro konferensiya oβtkazildi. Anjuman Germaniya xalqaro hamkorlik agentligi (GIZ), Potsdam iqlim oβzgarishini tadqiq qilish instituti (PIK), Gelmgols nomidagi geofanlar markazi (GFZ), Germaniya tashqi siyosat jamiyati (DGAP), YXHTning Bishkekdagi akademiyasi, shuningdek, Markaziy Osiyo βAyollar va suvβ uyushmasi (CAAWWA) hamkorligida βYashil Markaziy Osiyoβ tashabbusi doirasida tashkil etildi. Suv va energiya resurslarini boshqarishda gender va yoshlarga oid inklyuziv siyosatni shakllantirishga koβmaklashish, qarorlar qabul qilish jarayonlarida ayollar va yoshlarning teng ishtirokini taβminlash, mintaqadagi mutaxassislar, siyosatchilar va texnik ekspertlar oβrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida oβtkazilgan anjumanda davlat idoralari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, fuqarolik jamiyati va nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy doiralar, xususiy sektor vakillari, daryo havzasi tashkilotlari va Markaziy Osiyo kengashlari aβzolari ishtirok etdi. Iqlim xatarlari, ijtimoiy zaiflik, gender tengligi, mintaqaning suv va energetika sohalarini rivojlantirishda ayollar va yoshlar ishtirokini kengaytirish yoβllari muhokama qilingan xalqaro konferensiyada Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi oβqituvchisi Sarbinaz Rasbergenova ham qatnashdi. Konferensiyada ishtirokchilar mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish va Markaziy Osiyoda inklyuziv barqaror siyosatni ilgari surish boβyicha qoβshma tavsiyalar ishlab chiqdi. @tsulbox