TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #545

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

ការមើល1,110ចំនួនការមើល
បានផ្សព្វផ្សាយ12 វិច្ឆិកា12/11/2025, 05:32 AM
ខ្លឹមសារ

ខ្លឹមសារការប្រកាស

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫🇺🇿🤝🇮🇳 • TDYU va Milliy sud ekspertizasi universiteti o‘rtasida “Joint LL.M. (One-Year)” qo‘shma magistratura dasturiga start berildi Toshkent davlat yuridik universiteti yuridik universiteti Kiber huquq kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori, professor Said Gulyamov va kafedra o‘qituvchisi Amirjon Mardonov Hindistonning Milliy sud ekspertizasi universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida TDYU vakillari ikki universitet o‘rtasida yo‘lga qo‘yilayotgan Joint LL.M. (One-Year) qo‘shma magistratura dasturining ochilish marosimida ishtirok etdi. Shuningdek, Milliy sud ekspertizasi universiteti rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etilib, tadbirda o‘quv jarayonini tashkil etish, qo‘shma o‘quv dasturini kelishish, akademik baholash tizimini joriy qilish va professor-o‘qituvchilar almashuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Bunda amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim, baholash mezonlari tuzilmasi va akademik kreditlarni o‘zaro tan olish mexanizmlari (ECTS) masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bundan tashqari, tomonlar TDYU negizida LegalTech va kiber tadqiqotlar bo‘yicha Qo‘shma markaz tashkil etish bo‘yicha fikr almashdi. Muzokaralar yakunida LegalTech va kiberxavfsizlik bo‘yicha qo‘shma “bootcamp” va mahorat darslarini o‘tkazish, amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv modullari va tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish, kreditlarni o‘zaro tan olish tizimini (ECTS) joriy etish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini tashkil etishga kelishib olindi. Qo‘shma magistratura dasturining ochilish marosimi doirasida professor Said Gulyamovga yuridik fan va xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun Hindiston Milliy sud ekspertizasi universitetining “Faxriy professori” unvoni berildi. Ma’lumot uchun: Hindiston Milliy sud ekspertizasi universiteti (NFSU) sud-huquq va kiber tadqiqotlar sohasida ixtisoslashgan yetakchi davlat universiteti hisoblanadi. Universitet Janubiy Osiyoning asosiy ilmiy va ta’lim markazlari qatoriga kiradi, xalqaro hamkorlikni faol rivojlantiradi va yuridik mutaxassislarni tayyorlashda innovatsion yondashuvlarni joriy etadi. TDYU va Milliy sud ekspertizasi universiteti o‘rtasidagi “Joint LL.M. (One-Year)” qo‘shma dasturi ilmiy-huquqiy muloqotni rivojlantirish, innovatsion ta’lim amaliyotlarini joriy etish va yurisprudensiya sohasida zamonaviy raqamli kompetensiyalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. @tsulbox