ខ្លឹមសារការប្រកាស
📢🎉🎓 • “Talabalar festivali”ning ikkinchi kuni “Tanlovlar kuni” bo‘ldi Toshkent davlat yuridik universitetida “Talabalar festivali” davom etmoqda. “Yoshlar hayotida 5 muhim tashabbus” shiori ostida o‘tkazilayotgan festivalning ikkinchi kuni “Quest Step by step” intellektual-sarguzashtli ko‘rik-tanlovi bilan boshlandi. Ham zukkolikni, ham jismoniy tayyorgarlikni talab etadigan mazkur tanlovda 11 ta jamoa ishtirok etdi. Shuningdek, kun davomida talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, ularning intellektual va ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan onlayn tarzda “Eng yaxshi maqola” hamda “Eng yaxshi targ‘ibotchi” tanlovi o‘tkazildi. Talabalarda jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasini shakllantirish, ularda mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va bilimlarini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan “Zukko kitobxon” intellektual tanlovi “Talabalar festivali”ning ikkinchi kuni yakunlab berdi. Festival davom etmoqda. “Talabalar festivali”ning uchinchi kunida “Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyati” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman, “University talents show” ko‘rik-tanlovi, “Legal innovation hackathon” tanlovi va huquqiy fanlar olimpiadasi o‘tkaziladi. @tsulbox