TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #590

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

ការមើល1,250ចំនួនការមើល
បានផ្សព្វផ្សាយ15 ធ្នូ15/12/2025, 09:11 AM
ខ្លឹមសារ

ខ្លឹមសារការប្រកាស

2⃣2⃣2⃣ • Yuridik ta’limdagi islohotlar OAV nigohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash, yuridik ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijalari bilan keng jamoatchilikni yaqindan tanishtirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universitetida “Yuridik ta’limdagi islohotlar OAV nigohida” mavzusida press-tur tashkil etildi. Unda ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirok etdi. Press-tur doirasida tashkil etilgan brifingda Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, professor Baxshillo Xodjayev Prezident Farmonining mazmun-mohiyati, uning yuridik ta’lim tizimini tubdan takomillashtirishdagi ahamiyati, Toshkent davlat yuridik universitetida ushbu hujjat asosida olib borilayotgan islohotlar, yuridik ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, universitet oldida turgan vazifalar hamda zamonaviy, xalqaro standartlarga mos huquqshunos kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, brifingda Toshkent davlat yuridik universitetida xalqaro hamkorlik, qo‘shma ta’lim dasturlari va xalqaro reytinglar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, o‘quv jarayonini raqamlashtirish, Registrator ofisi faoliyati, shaffoflik va talabalar uchun yaratilgan qulayliklar, universitetdagi transformatsiya jarayonlari, zamonaviy boshqaruv yondashuvlari va innovatsion yechimlar haqida ma’lumot berildi. Press-tur davomida jurnalist va blogerlar O‘quv-uslubiy boshqarma (Registrator ofisi), Axborot-resurs markazi, imtihon xonalari, “TSUL SHOP”, sport zali, sud zali, situatsion markaz, Yuridik klinika, atoqli huquqshunoslar nomidagi xonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Jarayonda universitetda yaratilgan zamonaviy infratuzilma, ta’lim jarayonining shaffofligi va talabalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar amaliy misollar orqali ko‘rsatib berildi. Press-tur davomida matbuot anjumani o‘tkazilib, unda jurnalist va blogerlar o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi hamda universitet rahbariyati va mutasaddilariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga Toshkent davlat yuridik universitetining promo-mahsulotlari topshirildi va esdalik uchun suratga tushildi. Mazkur press-tur yuridik ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, OAV vakillari bilan samarali muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi. @tsulbox