TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #608

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

ការមើល1,190ចំនួនការមើល
បានផ្សព្វផ្សាយ14 មករា14/01/2026, 12:16 PM
ខ្លឹមសារ

ខ្លឹមសារការប្រកាស

0⃣0⃣0⃣ • Toshkent davlat yuridik universiteti saylov komissiyasi raisi, raisi o‘rinbosari va kotibi saylandi Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-232-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Universitet kuzatuv kengashi qarori bilan Toshkent davlat yuridik universiteti saylov komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Toshkent davlat yuridik universiteti saylov komissiyasining ilk majlisida Universiteti professorlar kengashi (Senate of Professors) a’zolari, fakultet dekanlari, departament boshliqlari va markaz rahbarlari saylovlarini tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, saylov komissiyasi raisi, raisi o‘rinbosari va kotibini saylash masalalari muhokama qilindi. Majlis yakunida komissiya a’zolari tomonidan Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi mudiri, professor Ixtiyor Bekov Toshkent davlat yuridik universiteti saylov komissiyasi raisi, Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi professori v.b. Xayitjon Turdiyev komissiya raisining o‘rinbosari va Ommaviy huquq fakulteti Tadqiqot markazining Qiyosiy konstitutsiyaviy huquq va parlament tadqiqotlari bo‘limi kichik ilmiy xodimi Umid Sobirov komissiya kotibi etib saylandi. @tsulbox