ខ្លឹមសារការប្រកាស
4⃣4⃣4⃣ • “IP Moot Court” musobaqasining saralash bosqichi fevralda boshlanadi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining tashabbusi bilan intellektual mulk sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, yoshlar o‘rtasida intellektual mulk sohasiga bo‘lgan qiziqishini orttirish va sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari o‘rtasida “IP Moot Court” musobaqasini tashkil etilmoqda. “IP Moot Court” — talabalar o‘rtasida intellektual mulk huquqi bo‘yicha o‘tkaziladigan sud simulyatsiyasi musobaqasidir. Unda ishtirokchilar haqiqiy sud jarayoni kabi advokat rolini bajarib, mualliflik huquqi, patent, tovar belgisi va boshqa intellektual mulk huquqi sohasiga oid huquqiy nizolarni hal qiladi. Musobaqa davomida talabalar maxsus tayyorlangan keys asosida yozma memorandum tayyorlaydi va sudyalar oldida o‘z pozitsiyasini himoya qiladi. Ushbu tanlov talabalarning huquqiy tahlil qilish qobiliyatini, nutq madaniyatini va amaliy tajribasini oshirishga xizmat qiladi. Hozirda Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “IP Moot Court” musobaqasi nizomi tasdiqlangan bo‘lib, bunga ko‘ra, musobaqa intellektual mulk sohasidagi huquqiy muammo yuzasidan ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan bo‘lib, ikki bosqichda o‘tkaziladi: — saralash; — sud majlisi simulyatsiyasi. Intellektual mulk sohasidagi huquqiy muammo 2026-yilning yanvar oyida universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi. Musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan talabalar 2026-yil 10-fevralga qadar to‘rt nafar a’zodan iborat jamoani shakllantirgan holda ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tish tartibi va manzili universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi. “IP Moot Court”ning saralash bosqichi 2026-yilning fevral–mart oylarida o‘tkaziladi. Musobaqa g‘olibi Shveytsariyaning Jeneva shahrida joylashgan Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga tanishuv safariga yuboriladi. @tsulbox