TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #613

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

ការមើល1,350ចំនួនការមើល
បានផ្សព្វផ្សាយ15 មករា15/01/2026, 10:42 AM
ខ្លឹមសារ

ខ្លឹមសារការប្រកាស

• Toshkent davlat yuridik universiteti Professorlar kengashi a’zosi bo‘lish uchun qanday talablar mavjud? Toshkent davlat yuridik universiteti Professorlar kengashi kamida 9 nafar tajribali professor-o‘qituvchidan iborat bo‘lgan tarkibda shakllantiriladi. Kengash a’zolari 5 yil muddatga saylanadi va bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq Kengash a’zosi etib saylanishi mumkin emas. Mazkur tartib Kengash faoliyatida izchillik bilan bir qatorda yangilanish va ochiqlik tamoyillarini ta’minlaydi. Yurisprudensiya sohasining yetuk mutaxassislari, yuqori ma’naviy fazilatlarga ega, zarur bilim va amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda o‘z kasbiy faoliyatida yuksak natijalarga erishayotgan hamda quyida ko‘rsatilgan talablardan biriga javob beruvchi nomzodlar Kengash a’zoligiga saylanishi mumkin: — TDYUda kamida 25 yillik ilmiy-pedagogik stajga ega, universitet taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan professor-o‘qituvchilar; — nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining TOP–300 ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida PhD yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajani olgan mutaxassislar; — davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmatlari bilan ajralib turgan nomzodlar (TDYU rektori tavsiyasi asosida). Professorlar kengashi TDYUda akademik boshqaruvni mustahkamlash, ilmiy an’analarni rivojlantirish hamda universitet faoliyatining strategik yo‘nalishlarini belgilashda muhim o‘rin tutadi. @tsulbox