TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #616

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

ការមើល1,310ចំនួនការមើល
បានផ្សព្វផ្សាយ15 មករា15/01/2026, 11:58 AM
ខ្លឹមសារ

ខ្លឹមសារការប្រកាស

4⃣4⃣4⃣ • Toshkent davlat yuridik universiteti Professorlar kengashi a’zoligiga nomzod ko‘rsatish tartibi qanday? Quyidagilar Toshkent davlat yuridik universiteti Professorlar kengashi a’zoligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga ega: — TDYU professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari (o‘z nomzodini ilgari surish huquqi orqali); — TDYU akademik sho‘balari va tadqiqot markazlari; — TDYU rektori. Nomzodlarning hujjatlari Toshkent davlat yuridik universiteti Professorlar kengashi sayloviga kamida o‘n besh kun qolgunga qadar (joriy holatda 21-yanvar oxirgi muddat) TDYU Saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi. Professorlar kengashi a’zolari akademik sho‘balar va fakultet tadqiqot markazlari o‘rtasida teng vakillik tamoyili asosida shakllantiriladi. Ya’ni har bir sho‘ba va markazdan 2 nafardan, asosiy shtatda faoliyat yurituvchi professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar orasidan vakillar shakllantiriladi. Saylov akademik sho‘balar va tadqiqot markazlari vakillarining majlisida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Ushbu majlis TDYU Saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi va unda vakillarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, u vakolatli hisoblanadi. Eslatib o‘tamiz, TDYU Professorlar kengashiga saylovi 5-fevralda o‘tkaziladi. @tsulbox