ខ្លឹមសារការប្រកាស
0⃣0⃣0⃣ • TDYU hamda Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqot markazi hamkorligida qator metodik qo‘llanmalar nashr etildi Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqot markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan. Hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida ikki muassasa hamkorligida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, TDYU Biznes huquqi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Markaz bilan hamkorlikda targ‘ibot-tashviqot va trening mashg‘ulotlarida foydalanish uchun qator metodik qo‘llanmalar tayyorlandi. Tayyorlangan metodik qo‘llanmalar bilan quyida tanishishingiz mumkin: “Moliyaviy xizmatlarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” Mualliflar: Sh.N.Ruzinazarov, O.S.Jumayev. *** “Tashqi reklama faoliyatining huquqiy asoslari va davlat nazorati tizimi” Mualliflar: J.I.Yuldashev, R.X. Kichkilov. *** “Chakana savdoda iste’molchi huquqlarini himoya qilish” Mualliflar: A.A.Qalandarov, D.D.Yusupova *** “Raqamli reklama faoliyatini yo‘lga qo‘yishda amaliy qo‘llanma” Mualliflar: M.Sh.Utayeva, B.E.Ruziyev *** “Avtotransport vositalarida tashqi reklama joyining pasportini rasmiylashtirish: huquqiy va amaliy asoslar” Mualliflar: J.T.Askarov, F.A.Yuldashev. *** “Oziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilishda iste’molchi huquqlarini himoya qilish” Mualliflar: N.B.Toshkanov, O.S.Jumayev *** “Xususiy ta’lim muassasalarida iste’molchi huquqlarini himoya qilish” Mualliflar: L.I.Achilova, B.E.Ruziyev Mazkur metodik qo‘llanmalardan Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqot markazi tomonidan tashkil etilgan trening kurslari jarayonida foydalanilmoqda. “Ta'lim — tadqiqot — amaliyot” integratsiyasini ta'minlash maqsadida yaratilgan ushbu materiallar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini mustahkamlashga xizmat qiladi. @tsulbox