TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #628

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

ការមើល1,360ចំនួនការមើល
បានផ្សព្វផ្សាយ23 មករា23/01/2026, 04:13 AM
ខ្លឹមសារ

ខ្លឹមសារការប្រកាស

2⃣2⃣2⃣ • TDYU Yuridik klinikasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Yangihayot tumanida sayyor qabul tashkil etildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish, ijtimoiy profilaktikani kuchaytirish, jinoyatchilikka olib keluvchi sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan manzilli va kompleks ishlash tizimi joriy etildi. Qarorda davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar bilan bir qatorda ilmiy va ta’lim tashkilotlarining ishtirokini ta’minlash, profilaktika ishlarini ilmiy tahlillar va amaliy tavsiyalar asosida tashkil etish ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti ham o‘z oldiga qator ustuvor vazifalarni belgilab olgan. Xususan, fuqarolarning uy-joy, aliment, meros kabi ijtimoiy-maishiy muammolarini joyida hal etish maqsadida mahalla binolarida belgilangan grafik asosida sayyor “Yuridik klinika” qabullarini tashkil etish, qabullar davomida aholining murojaatlarini qabul qilish, huquqiy maslahatlar berish, zarur hollarda huquqiy hujjatlarni tayyorlashga amaliy ko‘mak ko‘rsatish Prezident qarori ijrosini ta’minlashda universitetning oldida turgan asosiy vazifalardandir. Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Yangihayot tumanidagi “Yangi Darxon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan murojaatlar o‘rganilib, ular yuzasidan tegishli huquqiy maslahatlar berildi. Murojaatlar asosan yer munosabatlari, aliment undirish va mol-mulkni bo‘lish, mehnat munosabatlari hamda ta’lim sohasiga oid masalalarni qamrab oldi. Murojaat qilgan fuqarolarga o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning amaldagi huquqiy mexanizmlari, sud va sudgacha bo‘lgan tartibda murojaat qilish yo‘llari, shuningdek huquqiy masalalarni hal etishda keyingi harakatlar batafsil tushuntirildi. Tadbir yakunida fuqarolarga Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasining aloqa ma’lumotlari ko‘rsatilgan tashrif qog‘ozlari tarqatilib, kelgusida zarur huquqiy yordam va maslahatlar olish imkoniyatlari haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi. O‘tkazilgan sayyor qabul belgilangan vazifalar ijrosining amaliy ifodasi bo‘lib, aholining ijtimoiy-maishiy muammolarini joyida hal etish, huquqiy maslahatlar berish va ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirishga xizmat qildi. @tsulbox