ខ្លឹមសារការប្រកាស
2⃣2⃣2⃣ • Kamola Aliyeva gender zo‘ravonlikka qarshi idoralararo hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan kompleks tadbirlarda ishtirok etdi BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA), Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Buyuk Britaniya hukumati ko‘magida Surxondaryo va Namangan viloyatlarida gender zo‘ravonlikka qarshi idoralararo hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan kompleks tadbirlar tashkil etildi. Tadbirlarda Toshkent davlat yuridik universiteti Huquqni sohalararo o‘rganish fakulteti Tadqiqot markazi Ijtimoiy-huquqiy muammolarni tadqiq etish bo‘limi yetakchi ilmiy xodimi Kamola Aliyeva ham ishtirok etdi. Xususan, loyiha doirasida Surxondaryo va Namangan viloyatlarida joylarda o‘tkazilgan dala tadqiqotlari (field research) doirasida monitoring va baholash tadbirlari o‘tkazildi. Unda mahallalarda faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimlar, xotin-qizlar faollari, uchastka nozirlari hamda mahalla “yettiligi” tarkibiga kiruvchi boshqa mutaxassislarning ayollarga nisbatan gender zo‘ravonlikka qarshi Ichki ishlar vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan idoralararo javob mexanizmlarini qo‘llash amaliyoti o‘rganildi. Monitoring jarayonlarida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari, gender zo‘ravonlikdan jabrlanganlar uchun krizis xizmatlari, birlamchi ko‘mak xonalari hamda mahallalar faoliyati sifat ko‘rsatkichlariga asosan tahlil qilindi. Monitoring va baholash natijalari asosida Termiz va Namangan shaharlarida aniqlangan muammo va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda “Tazyiq va zo‘ravonlikka javoban idoralararo xizmatlarning samarasini oshirish yo‘llari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlari uchun o‘tkazilgan treningda zo‘ravonlik holatlariga tezkor va samarali javob qaytarish, idoralararo hamkorlikni mustahkamlash, jabrlangan shaxslar bilan ishlashda psixologik va ijtimoiy yondashuvlarni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi “Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori va Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyundagi “Tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining joylardagi ijrosi ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilindi Seminar-trening davomida ishtirokchilar ekspertlar bilan birga xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka javoban idoralararo xizmatlarning samarasini oshirish yo‘llari bo‘yicha takilflar ishlab chiqdi. @tsulbox