TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #634

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

ការមើល1,480ចំនួនការមើល
បានផ្សព្វផ្សាយ27 មករា27/01/2026, 03:07 PM
ខ្លឹមសារ

ខ្លឹមសារការប្រកាស

✅0⃣0⃣0⃣ • TDYU Professorlar kengashi (Senate of Professors) a’zoligiga tavsiya etilgan nomzodlar 1. TDYUda kamida 25 yillik ilmiy-pedagogik stajga ega, universitet taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan professor-o‘qituvchilar: Mavlyuda Axmedshayeva — Davlat va huquq nazariyasi sho‘basi (kafedrasi)dan ko‘rsatilgan nomzod; Omonbay Okyulov — Fuqarolik huquqi sho‘basi (kafedrasi)dan ko‘rsatilgan nomzod; Rustam Zufarov — Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish sho‘basi (kafedrasi)dan ko‘rsatilgan nomzod; Govxerjan Yuldasheva — Xalqaro huquq va inson huquqlari sho‘basi (kafedrasi) dan ko‘rsatilgan nomzod; Leonid Xvan — Ma’muriy va moliya huquqi sho‘basi (kafedrasi)dan ko‘rsatilgan nomzod. 2. Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining TOP–300 ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida PhD yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajani olgan mutaxassislar: Shahzoda Tuychiyeva — Xalqaro xususiy huquq sho‘basi (kafedrasi)dan ko‘rsatilgan nomzod; Jo‘rabek Nematov — Ma’muriy va moliya huquqi sho‘basi (kafedrasi)dan ko‘rsatilgan nomzod; Fitrat Umirov — Konstitutsiyaviy huquq sho‘basi (kafedrasi)dan ko‘rsatilgan nomzod. 3. Davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmatlari bilan ajralib turgan nomzodlar (TDYU rektori tavsiyasi asosida): Firyuza Muxitdinova — rektor tomonidan taqdim etilgan nomzod; Igor Kudryavsev — rektor tomonidan taqdim etilgan nomzod; Laylo Aslanova — rektor tomonidan taqdim etilgan nomzod. Izoh: Yurisprudensiya sohasining yetuk mutaxassislari, yuqori ma’naviy fazilatlarga ega, zarur bilim va amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda o‘z kasbiy faoliyatida yuksak natijalarga erishayotgan hamda quyida ko‘rsatilgan talablardan biriga javob beruvchi nomzodlar Kengash a’zoligiga saylanishi mumkin: 1. TDYUda kamida 25 yillik ilmiy-pedagogik stajga ega, universitet taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan professor-o‘qituvchilar; 2. Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining TOP–300 ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida PhD yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajani olgan mutaxassislar; 3. Davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmatlari bilan ajralib turgan nomzodlar (TDYU rektori tavsiyasi asosida). Nomzodlar haqidagi batafsil ma'lumot universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali berib boriladi. Eslatib o‘tamiz, Toshkent davlat yuridik universiteti Professorlar kengashi (Senate of Professor) a’zoligi uchun saylov 5-fevralda bo‘lib o‘tadi. @tsulbox