TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #637

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

ការមើល1,390ចំនួនការមើល
បានផ្សព្វផ្សាយ28 មករា28/01/2026, 10:16 AM
ខ្លឹមសារ

ខ្លឹមសារការប្រកាស

✅0⃣0⃣0⃣ • Toshkent davlat yuridik universiteti Professorlar kengashi a’zoligiga nomzod Mavlyuda Axmedshayeva — yuridik fanlar doktori, professor, 2-darajali adliya maslahatchisi. M.Axmedshayeva 1997-yildan buyon Toshkent davlat yuridik universiteti (o‘sha paytda institut)da faoliyat yuritib kelmoqda. U davlat va huquq nazariyasi fani bo‘yicha yetuk olimalardan biridir. M.Axmedshayeva 6 ta monografiya, 7 ta (6 tasi hammualliflikda) darslik, 10 ga yaqin o‘quv qo‘llanma, 10 dan ortiq risola, 300 dan ortiq ilmiy maqola va boshqa ilmiy ishlanmalar muallifidir. Olimaning 5 ta maqolasi (hammualliflikda) “Scopus” bazasiga kiradigan nufuzli xorijiy jurnallarda chop etilgan. M.Axmedshayevaning ilmiy qiziqishlari davlat va huquq nazariyasi, hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi, raqamli huquq, raqamli davlat, huquq rivojining zamonaviy tendensiyalari, huquq retsepsiyasi, davlat hokimiyati, ijro etuvchi hokimiyat, jamoatchilik nazorati kabilarni o‘z ichiga oladi. Olima qonunchilikni takomillashtirish ishlarida, xususan, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda bevosita ishtirok etgan. M.Axmedshayeva xalqaro anjumanlar, xususan, 2019-yilda Germaniyaning Shpayyer shahrida Ommaviy va ma’muriy huquq instituti tomonidan o‘tkazilgan konferensiyada, 2025-yilda Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Forobiy nomli davlat universitetida o‘tkazilgan ilmiy konferensiya hamda boshqa o‘nlab xalqaro tadbirlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etgan. M.Axmedshayeva TDYU, JIDU huzuridagi “12.00.01 — Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy kengash va ilmiy seminar a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. M.Axmedshayeva yuridik ta’lim va yuridik fan sohasiga qo‘shgan hissasi uchun “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi” davlat unvoni hamda mustaqilligimiz hamda Konstitutsiyamizning yirik sanalariga bag‘ishlangan esdalik nishonlari, “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan. @tsulbox