ខ្លឹមសារការប្រកាស
✅0⃣0⃣0⃣ • Toshkent davlat yuridik universiteti Professorlar kengashi a’zoligiga nomzod Rustam Zufarov — yuridik fanlar doktori, professor, “Do‘stlik” ordeni sohibi. R.Zufarov 1977-yildan buyon yuridik ta’lim va fan sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. U 1998–2001-yillarda Toshkent davlat yuridik instituti Huquq-tartibot fakulteti dekani, 2001–2013-yillarda Toshkent davlat yuridik instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritgan. R.Zufarov jinoyat huquqi fani bo‘yicha yetuk olimlardan biri hisoblanadi. U 4 ta monografiya, 5 ta darslik, 7 ta o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq risola, 150 dan ortiq ilmiy maqola va boshqa ilmiy ishlanmalar muallifidir. R.Zufarov bir necha yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2011-yil 3-martda tashkil etilgan O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish bo‘yicha Milliy dasturni tayyorlash yuzasidan Idoralararo ishchi guruhining a’zosi bo‘lgan. R.Zufarov yuridik ta’lim va yuridik fan sohasiga qo‘shgan hissasi uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. @tsulbox