ខ្លឹមសារការប្រកាស
✅0⃣0⃣0⃣ • Toshkent davlat yuridik universiteti Professorlar kengashi a’zoligiga nomzod Govherjan Yuldasheva — yuridik fanlar doktori, professor G.Yuldasheva 2001-yildan buyon Toshkent davlat yuridik universiteti (o‘sha paytdagi institut)da faoliyat yuritib kelmoqda. U xalqaro huquq va inson huquqlari fanlari bo‘yicha yetuk olimalardan biridir. G.Yuldasheva 5 ta monografiya, 30 ta yakka va hammualliflikda darslik, 23 ta o‘quv qo‘llanma, 10 ta risola, 115 ta ilmiy maqola va boshqa ilmiy ishlanmalar muallifidir. Olimaning 5 ta maqolasi “Scopus” bazasiga kiradigan nufuzli xorijiy jurnallarda chop etilgan. Olima qonunchilikni takomillashtirish ishlarida, jumladan, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi, “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi, Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavi hamda boshqa qonunlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda bevosita ishtirok etgan. G.Yuldasheva Shvetsiya, Xitoy, Fransiya, Latviya, Rossiya, Polsha, Qozog‘iston va boshqa 20 ga yaqin davlatda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyalarda ma’ruza qilgan. Shuningdek, BMT, YUNESKO, YXHT, YUNISEF kabi tashkilotlarning milliy eksperti sifatida faoliyat yuritib, xalqaro loyihalarda ishtirok etib kelmoqda. G.Yuldasheva yuridik ta’lim va yuridik fan sohasiga qo‘shgan hissasi uchun “Inson huquqlari himoyasi uchun”, “Oliy ta’lim a’lochisi” kabi ko‘krak nishonlari hamda mustaqilligimizning yirik sanalariga bag‘ishlangan esdalik nishonlari bilan taqdirlangan. @tsulbox