TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #646

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

ការមើល1,230ចំនួនការមើល
បានផ្សព្វផ្សាយ28 មករា28/01/2026, 12:43 PM
ខ្លឹមសារ

ខ្លឹមសារការប្រកាស

✅0⃣0⃣0⃣ • Toshkent davlat yuridik universiteti Professorlar kengashi a’zoligiga nomzod Leonid Xvan — yuridik fanlar nomzodi, dotsent. L.Xvan 1991-yildan boshlab hozirga qadar Toshkent davlat yuridik universiteti (o‘sha paytdagi institut)da o‘qituvchilikdan to kafedra (hozirgi shu'ba) dotsenti lavozimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. L. B. Xvan 5 ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanma, milliy va xorijiy, xususan, Yevropa, MDH, AQSH, Yaponiya va Koreya Respublikasidagi yetakchi xorijiy nashrlarda chop etilgan 100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi va hammuallifidir. Uning ikkita maqolasi “Web of Science” bazasida indekslangan xalqaro to‘plamda chop etilgan. Bundan tashqari, olimning 30 dan ortiq ommabop maqolalari O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy davriy nashrlarida e’lon qilingan. L.Xvan advokatura sohasidagi ilmiy tadqiqotlar rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan. U Markaziy Osiyo mamlakatlarida huquqiy kasb mustaqilligi indeksi bo‘yicha ABA & OSI xalqaro ekspert kengashi a’zosi, Ukraina Advokatura akademiyasi huzuridagi Advokatura xalqaro ilmiy-ekspert kengashi a’zosi bo‘lgan. 2009-yilda qator yuridik ixtisosliklar bo‘yicha O‘zbekistonning birinchi “Best Lawyers®” reytingiga kiritilgan. L.Xvan advokatura sohasidagi sakkizta xalqaro loyiha muallifi, Advokatlar malakasini oshirish markazi va MDHda birinchi bo‘lib advokatlar uchun uzluksiz yuridik ta’lim dasturi (CPD) tashkil etish tashabbuskori hisoblanadi. Uning rahbarligida advokatlik faoliyati masalalari bo‘yicha yettita ilmiy kitob nashr etilgan. L.Xvan 1997–2004-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining bosh ilmiy xodimi sifatida faoliyat yuritgan. Oliy Majlis, Oliy sud, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa davlat organlarining ekspert-tahlil ishlarida faol ishtirok etgan. L.Xvan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi “12.00.01-12.00.02” ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy seminar, soliq, moliya va ma’muriy huquq sohasidagi qator xalqaro kasbiy uyushmalar a’zosi hisoblanadi. Shuningdek, u xorijiy yuridik jurnallarning tahrir hay’ati a’zosidir. @tsulbox