ខ្លឹមសារការប្រកាស
✅0⃣0⃣0⃣ • Toshkent davlat yuridik universiteti Professorlar kengashi a’zoligiga nomzod Shahzoda Tuychiyeva — yuridik fanlar doktori, TDYU, Pensilvaniya davlat universiteti va Pitsburg universiteti bitiruvchisi. Shahzoda Tuychiyeva 2021-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti Xususiy huquq fakulteti (hozirgi Biznes huquqi va sud himoyasi fakulteti) dekanining ilmiy va xalqaro ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan. U 2024-yil apreldan buyon Xalqaro xususiy huquq shu'basida o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi. Sh.Tuychiyeva 2020-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Pensilvaniya davlat universiteti (Penn State University, TOP-100)da magistr (LL.M) hamda Pitsburg universiteti (University of Pittsburgh, TOP-100)da S.J.D (Doctor of Juridical Science) darajasini olgan. U 2025-yil 15-oktabrda “Investitsiya arbitrajidagi tanqidlarning legitimligi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini professor Ronald Brand rahbarligida muvaffaqiyatli himoya qilgan. Shuningdek, Sh.Tuychiyeva 2023-yilda ABA Dispute Resolution Fellowship stipendiyasi sohibasi bo‘lib, TAA va ICCA a’zosi, xalqaro arbitraj ishlarida mustaqil maslahatchi sifatida faoliyat olib borgan. Bugungi kunda u O‘zbekiston hakamlik sudlari assotsiatsiyasi sudyasi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bundan tashqari, Sh.Tuychiyeva “Kosta Legal”da yurist, DIAC va TIACda tribunal kotibi lavozimlarida faoliyat yuritgan, “Vis Moot” va “FDI Moot” jamoalariga murabbiylik qilgan. U investitsiya arbitraji bo‘yicha 30 dan ortiq ilmiy maqola muallifidir. 2024-yilda “Young ICCA Voices”da tahliliy maqolasi chop etilgan. @tsulbox