ខ្លឹមសារការប្រកាស
✅0⃣0⃣0⃣ • Toshkent davlat yuridik universiteti Professorlar kengashi a’zoligiga nomzod Jo‘rabek Nematov — yuridik fanlar doktori, professor, TDYU va Nagoya universiteti bitiruvchisi. J.Nematov 2019-yildan buyon Toshkent davlat yuridik universitetida faoliyat olib bormoqda. Unga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida ham faoliyat yuritgan. U 2014-yilda Nagoya universiteti (Yaponiya)da Doctor of Law (DSc) ilmiy darajasini olgan, 1-darajali yurist. J.Nematov ma’muriy huquq, ma’muriy sud ishlarini yuritish fanlari bo‘yicha yetuk olimlardan biridir. U 4 ta monografiya, 4 ta (2 ta yakka mualliflikdagi va 2 ta hammualliflikdagi) darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 100 dan ortiq ilmiy maqola va boshqa ilmiy ishlanmalar muallifidir. Olimning ilmiy qiziqishlari ma’muriy huquq, ma’muriy tartib-taomillar, ma’muriy sud ish yurituvi, soliq huquqi, bojxona huquqi kabilarni o‘z ichiga oladi. J.Nematov qonunchilikni takomillashtirish ishlarida ham faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-33-son qarori asosida O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksini yangi tahrirda tayyorlashga qaratilgan komissiya hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ilmiy-maslahat kengashi a’zosi hisoblanadi. J.Nematov qator xalqaro anjumanlar, jumladan, Yaponiya, Germaniya, Rossiya, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarda o‘tkazilgan turli konferensiya, seminarlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etgan. J.Nematov TDYU huzuridagi “12.00.02 —Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy kengash va ilmiy seminar hamda TDYU Tadqiqot kengashi a’zosi hisoblanadi. @tsulbox