TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #652

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

ការមើល1,190ចំនួនការមើល
បានផ្សព្វផ្សាយ28 មករា28/01/2026, 01:38 PM
ខ្លឹមសារ

ខ្លឹមសារការប្រកាស

✅0⃣0⃣0⃣ • Toshkent davlat yuridik universiteti Professorlar kengashi a’zoligiga nomzod Fitrat Umirov — yuridik fanlar doktori, TDYU va Osaka universiteti bitiruvchisi. F.Umirov ayni paytda Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda. U akademik faoliyat, transchegaraviy huquqiy amaliyotni qamrab olgan ko‘p tarmoqli mutaxassis hisoblanadi. F.Umirov Toshkent davlat yuridik universitetida bakalavriat bosqichini tamomlagan, Yaponiyaning Osaka universitetida magistratura va PhD ilmiy darajalarini olgan. Uning ilmiy ixtisosligi konstitutsiyaviy va qiyosiy huquq yo‘nalishlarini qamrab oladi. Kasbiy faoliyatini “Agrobank” AJda yurist sifatida boshlagan bo‘lib, bank huquqi doirasida shartnomalarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish hamda bank kreditlari bilan bog‘liq sud ishlarini yuritish bilan shug‘ullangan. Keyinchalik u Osaka universitetida assistent-professor lavozimida faoliyat yuritib, qiyosiy konstitutsiyaviy huquq va huquq sotsiologiyasi fanlaridan ta’lim bergan. Shuningdek, Osaka universitetining “Law Review” jurnalida maqolalar tahrirchisi sifatida faoliyat olib borgan. Fitrat Umirov “Journal of Human Rights, Culture and Legal System” deb nomlangan jurnalning Tahririyat hay’atining Xalqaro kengashi (International Board of Editors) hamda umumiy Tahririyat a’zosi hisoblanadi. F.Umirov Yaponiyaning eng yirik ko‘chmas mulk kompaniyalaridan biri — “Daiwa House Industry Co., Ltd.”ning Xalqaro huquqiy ishlar departamentida bosh huquqiy maslahatchi lavozimida ishlagan. Ushbu faoliyati davomida u, asosan, Janubi-Sharqiy Osiyo (ASEAN) mamlakatlari, xususan, Tailand, Vetnam va Singapur davlatlariga biriktirilgan kurator sifatida xorijiy ko‘chmas mulk va investitsiya loyihalarida huquqiy xatarlarni baholash, huquqiy “due diligence” jarayonlarini olib borish, xalqaro shartnomalarni ishlab chiqish va muzokara qilish, shuningdek, komplayens va korporativ boshqaruv standartlariga rioya etilishini ta’minlash bilan shug‘ullangan. F.Umirovning professional qiziqishlari xalqaro tijorat huquqi, shartnoma huquqi, qiyosiy konstitutsiyaviy huquq hamda institutsional xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarini qamrab oladi. @tsulbox