ខ្លឹមសារការប្រកាស
✅0⃣0⃣0⃣ • Toshkent davlat yuridik universiteti Professorlar kengashi a’zoligiga nomzod Igor Kudryavsev — yuridik fanlar doktori, professor, “Do‘stlik” ordeni sohibi, 2-darajali adliya maslahatchisi. I.Kudryavsev 1981-yildan buyon yuridik ta’lim va fan sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. U Igor Kudrayvsev davlat va huquq nazariyasi moduli bo‘yicha yetuk olimlardan biridir. I.Kudryavsev 9 ta monografiya, 5 ta darslik, 9 ga yaqin o‘quv qo‘llanma, 5 dan ortiq risola, 100 dan ortiq ilmiy maqola va boshqa ilmiy ishlanmalar muallifir. Olimning 1 ta maqolasi (hammualliflikda) “Scopus” bazasiga kiradigan nufuzli xorijiy jurnalda chop etilgan. I.Kudryavsevning ilmiy qiziqishlari davlat va huquq nazariyasi, hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi, raqamli huquq, raqamli davlat, davlat va huquq rivojining zamonaviy tendensiyalari, huquq retsepsiyasi, davlat hokimiyati, ijro etuvchi hokimiyat, jamoatchilik nazorati kabilarni o‘z ichiga oladi. Olim qonunchilikni takomillashtirish ishlarida, jumladan, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda bevosita ishtirok etgan. I.Kudrayvsev 2025-yilda Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyaga tashrif buyurib, Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universitetida dars mashg‘ulotlarida ishtirok etgan. I.Kudrayvsev TDYU huzuridagi “12.00.01 — Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy seminar a’zosi sifatida faoliyat olib borgan. I.Kudrayvsev yuridik ta’lim va yuridik fan sohasiga qo‘shgan hissasi uchun 2021-yil 28-avgustdagi Prezident farmoni bilan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. @tsulbox