TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #658

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

ការមើល1,410ចំនួនការមើល
បានផ្សព្វផ្សាយ28 មករា28/01/2026, 02:52 PM
ខ្លឹមសារ

ខ្លឹមសារការប្រកាស

✅0⃣0⃣0⃣ • Toshkent davlat yuridik universiteti Professorlar kengashi a’zoligiga nomzod Laylo Aslanova — yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani deputati, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi L.Aslanova 2019-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. U 2020-yilda TDYU Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi o‘qituvchisi sifatida faoliyatini boshlagan. 2025-yilda yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Hozirda u Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani deputati, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi hisoblanadi. L.Aslanova 2022-yilda “O‘zbekiston Konstitutsiyasi 30 yilligi” esdalik nishoni hamda 2024-yilda “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Yosh mutaxassis bo‘lishiga qaramasdan, mamlakatning siyosiy jarayonlarida ham faol ishtirok etib kelmoqda. 2022-yilning aprel oyida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudida malaka oshirgan. 2023-yilning fevral-may oylarida Konstitutsiyaviy komissiyaning ekspertlar guruhi a’zosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi loyihasi normalarini ishlab chiqish jarayonida hamda konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishda faol ishtirok etgani uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining tashakkurnomasi bilan taqdirlangan. 2023-yilning iyun-avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlar jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi eksperti sifatida faoliyat yuritgan. 2024-yilda Toshkent davlat yuridik universitetida o‘tkazilgan tanlovda rektori tomonidan “Qonunchilik tashabbuskori” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. 2024-yilda adliya organlari va muassasalariga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarayotgani, sohani rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi va samarali mehnati uchun Adliya vaziri tomonidan Faxriy yorliq bilan taqdirlangan. 2022–2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasida o‘smirlar va yoshlar ruhiy salomatligini profilaktika qilish va mustahkamlash masalalari bo‘yicha idoralararo ishchi guruh a’zosi sifatida faoliyat yuritgan. 2025-yildan boshlab Oliy Majlis Senati Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi ekspertlar guruhi a’zosi. L.Aslanovaning 20 dan ortiq maqolasi mahalliy va xorijiy ilmiy nashrlarda chop etilgan. Shuningdek, u qator ommabop risola, qo‘llanma va darsliklar muallifi va hammuallifidir. U 2 ta mahalliy ilmiy jurnalda (“Parlament tadqiqotlar instituti” axborotnomasi, “Jamiyat va innovatsiyalar”) tahririyat a’zosi hisoblanadi. L.Aslanova QS reytingida TOP-1000 talikka kiruvchi M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti va Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universitetida ma’ruzalar olib borgan. L.Aslanova xalqaro maydondagi jarayonlarda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, u 2023-yilda Yoshlar Parlamentlararo assambleyasining 20-yig‘ilishida O‘zbekiston delegatsiyasi nomidan nutq so‘zlagan, 2024-yilda Markaziy Osiyo davlatlari ikkinchi parlamentlararo forumida moderator bo‘lgan. Shuningdek, 2025-yilda Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley sessiyasida Yosh parlamentariylar forumida O‘zbekiston nomidan nutq so‘zlagan. @tsulbox