ខ្លឹមសារការប្រកាស
1⃣1⃣1⃣ • Kurash bo‘yicha “Talabalar ligasi”ning universitet bosqichi g‘oliblari aniqlandi Toshkent davlat yuridik universitetida “Talabalar ligasi” doirasida kurash bo‘yicha “Rektor kubogi” o‘tkazildi. Talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, milliy sport turlariga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan musobaqada yigitlar 7 ta, qizlar 1 ta vazn toifasida bellashdi. Qizg‘in bahslar yakunida barcha vazn toifalari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. “Rektor kubogi”da g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar “Talabalar ligasi”ning hududiy bosqichida universitet sharafini himoya qiladi. Quyida musobaqa g‘olib va sovrindorlari bilan tanishishingiz mumkin. Qizlar o‘rtasida 60 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida: 1-o‘rin — Durdona Ma’murjonova; 2-o‘rin — Hilola Abdusattorova; 3-o‘rin — Barchinoy Choriyeva. Erkaklar o‘rtasida 60 kg vazn toifasida: 1-o‘rin — G‘iyosiddin Jumanazarov; 2-o‘rin — Sunnat Naimov; 3-o‘rin — Bobur Boboniyozov, Azizbek Isroilov. 66 kg vazn toifasida: 1-o‘rin — Farid Namozov; 2-o‘rin — Zuhriddin Nurboboyev; 3-o‘rin — Shahriyor Abdunazarov, Farhod Usmonov. 73 kg vazn toifasida: 1-o‘rin — Otabek Boboyev; 2-o‘rin — Behruz Shodiyev; 3-o‘rin — Saidsherozxon Xatamov, Muhammadjon Muyiddinov. 81 kg vazn toifasida: 1-o‘rin — Otabek Abdurasulov; 2-o‘rin — Asliddin Raimov; 3-o‘rin — Hasan Abdug‘afforov, Mexriddinxo‘ja Malikov. 90 kg vazn toifasida: 1-o‘rin — Muhammad Jumaqulov; 2-o‘rin — Ziyovuddin Akbarov; 3-o‘rin — Madiyor Iskandarov, Shoxjahon Raupov. 100 kg vazn toifasida: 1-o‘rin — Asror Eshonqulov; 2-o‘rin — Sabriddin Eshmirzayev; 3-o‘rin — Boburjon Baxtiyorov, Muhammadyusuf Egamberdiyev. 100 kg dan yuqori vazn toifasida: 1-o‘rin — Sherdor Rahmatov; 2-o‘rin — Jo‘rabek Qobilov; 3-o‘rin — Azizbek Boborahimov. @tsulbox