ខ្លឹមសារការប្រកាស
2⃣2⃣2⃣ • Sud hokimiyati, advokatura va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida o‘quv modullarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi Toshkent davlat yuridik universiteti Sud hokimiyati, advokatura va huquqni muhofaza qiluvchi organlar shu’basi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Amaliy o‘qitish hamda klinik va dual ta’limni faol joriy etish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Yuridik taʼlim jarayonlarining amaliyot bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlash, amaliy oʻqitish hamda klinik va dual taʼlim tamoyilini joriy etish maqsadida dars mashg‘ulotlari olib boriladigan modullar mavzulari va kontentlarini amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlashga anjumanda TDYU prorektori, yuridik fanlar doktori, professor Islambek Rustambekov, Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud, harbiy sudlar, prokuratura va advokatlik tuzilmalari vakillari hamda yetakchi olimlar ishtirok etdi. Yuridik ta’lim tizimida nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, sud-huquq sohasida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish hamda o‘quv modullarining mazmunini zamonaviy talablarga mos ravishda takomillashtirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, harbiy sudlari faoliyatiga oid modullar mavzulari va kontentlarini takomillashtirish, sudyalar, prokurorlar va advokatlar tayyorlashda klinik va dual ta’lim mexanizmlarini keng joriy etish, amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv modullarini ishlab chiqish va ularni real sud-huquq amaliyoti bilan integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi. Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida yuridik ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan xulosalar ishlab chiqildi hamda ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur davra suhbati tadbir yuridik ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni mustahkamlash, sud-huquq tizimi uchun raqobatbardosh va malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. @tsulbox