TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #676

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

ការមើល2,029ចំនួនការមើល
បានផ្សព្វផ្សាយ31 មករា31/01/2026, 04:35 PM
ខ្លឹមសារ

ខ្លឹមសារការប្រកាស

• Mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olishda ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida hamkorlik mustahkamlanmoqda Toshkent davlat yuridik universiteti Ilmiy ishchi guruhi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son Qarori, 2026-yil 7-yanvardagi “2026-yilda respublika mahallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida Yashnobod tumani prokuraturasi hamda tuman adliya boʻlimi xodimlari bilan uchrashdi. Mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda kriminogen vaziyatni ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganish va tahlil qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvlarda tumanda jinoyatchilik profilaktikasining amaldagi mexanizmlari, mahallalar kesimida olib borilayotgan manzilli ishlar, statistik va empirik ma’lumotlar asosida xavf omillarini aniqlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Ilmiy ishchi guruh tomonidan Yashnobod tumanidagi mahallalarda ham o‘rganish ishlari olib borildi. Mahallalardagi ijtimoiy muhit, yoshlar bilan ishlash holati, huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va ularning oldini olishga qaratilgan profilaktik choralar amaliy jihatdan tahlil qilindi. Bu jarayonda “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish, davlat organlari va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi. Muhokamalar davomida yuridik oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatidan foydalangan holda kriminogen vaziyatni ilmiy tadqiqotlar asosida baholash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga qaratilgan metodik tavsiyalar va uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish, talabalar va yosh tadqiqotchilarni mahallalardagi huquqiy profilaktika jarayonlariga jalb etish, ta’lim — ilmiy tadqiqot — amaliyot integratsiyasini yanada chuqurlashtirish bo‘yicha fikr almashildi. Uchrashuvlarda Yashnobod tumani prokuraturasi, tuman adliya boʻlimi va “mahalla yettiligi” mas’ullari bilan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish yoʻnalishlari belgilab olindi. Mazkur uchrashuv va o‘rganishlar jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ilmiy asoslangan, tizimli va barqaror yondashuvlarni joriy etish, davlat organlari bilan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Kelgusida ushbu yo‘nalishda qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. @tsulbox