TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #678

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

ការមើល2,410ចំនួនការមើល
បានផ្សព្វផ្សាយ1 កុម្ភៈ01/02/2026, 09:39 AM
ខ្លឹមសារ

ខ្លឹមសារការប្រកាស

• TDYU jamoasi tomonidan Prezident qaror va farmonlari ijrosini ta’minlash doirasida mahallalarda tushuntirish-targ‘ibot ishlari amalga oshirildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son Qarori, 2026-yil 7-yanvardagi “2026-yilda respublika mahallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2-son Qarori hamda 2025-yil 26-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-232-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti Ommaviy huquq fakulteti hamda Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti dekanlari tomonidan Yangihayot tumanidagi mahallalarda tizimli tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi. Shuningdek, tuman prokuraturasi xodimlari bilan mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda kriminogen vaziyatni ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganish va tahlil qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida uchrashuv tashkil etilib, tumanda jinoyatchilik profilaktikasining amaldagi mexanizmlari, mahallalar kesimida olib borilayotgan manzilli ishlar muhokama qilindi. Mazkur tadbirlar davomida yuqoridagi qaror va farmonlarda belgilangan vazifalar, xususan, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish masalalarining mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, huquqiy islohotlarni joylarda amalga oshirishda davlat organlari, mahalla institutlari va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Tadbirlar davomida amalga oshirilgan ishlar natijalari muhokama qilinib, qaror va farmonlar ijrosini samarali tashkil etish, monitoring qilish hamda natijadorlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilib borish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Bundan tashqari, PF-232-son Farmon ijrosi doirasida dual ta’lim tamoyili asosida talabalarni mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yo‘nalishida amaliyot o‘tashini tashkil etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi. Bunda talabalarni mahalla tizimi faoliyatiga jalb etish orqali ularning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish hamda huquqiy profilaktika tadbirlarida ishtirokini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Mazkur chora-tadbirlar Prezident qaror va farmonlarida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, mahallalarda huquqiy tartibot va xavfsiz muhitni mustahkamlash, shuningdek, yuridik ta’lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirishga xizmat qiladi. @tsulbox