TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #681

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

αž€αžΆαžšαž˜αžΎαž›732αž…αŸ†αž“αž½αž“αž€αžΆαžšαž˜αžΎαž›
αž”αžΆαž“αž•αŸ’αžŸαž–αŸ’αžœαž•αŸ’αžŸαžΆαž™17 មេសអ17/04/2026, 01:56 PM
αžαŸ’αž›αžΉαž˜αžŸαžΆαžš

αžαŸ’αž›αžΉαž˜αžŸαžΆαžšαž€αžΆαžšαž”αŸ’αžšαž€αžΆαžŸ

βš–οΈπŸ“’πŸŒπŸ’¬ β€’ Biznes huquqi va sud himoyasi fakulteti talabalari TDYU rektori tomonidan taqdirlandi β€œYoshlar kuni” doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi va sud himoyasi fakultetida β€œRektor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda TDYU rektori Baxshillo Xodjayev ishtirok etib, talabalarning murojaatlari, taklif va tashabbuslariga quloq tutdi. Tadbirda talabalarning tashabbuslarini qoβ€˜llab-quvvatlash, oβ€˜quv jarayonini takomillashtirish hamda yoshlarning madaniy va ijtimoiy muhitini yanada boyitish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlar tashabbuslarini rivojlantirish, ularning universitet hayotidagi faolligini oshirish hamda iqtidorli talabalarni ragβ€˜batlantirish boβ€˜yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Uchrashuv yakunida universitet hayotida faol ishtirok etib kelayotgan, tashabbuskor va intiluvchan Biznes huquqi va sud himoyasi fakulteti talabalari tashakkurnoma hamda esdalik sovgβ€˜alari bilan taqdirlandi. @tsulbox