TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #696

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

ការមើល567ចំនួនការមើល
បានផ្សព្វផ្សាយ23 មេសា23/04/2026, 05:06 AM
ខ្លឹមសារ

ខ្លឹមសារការប្រកាស

⚖️📢🏆❓ • "TSUL Jessup" bahorgi maktabi eshiklarini ochmoqda! ❓ Bu nima? (Intellektual sarguzasht) "TSUL Jessup" bahorgi maktabi — bu nazariyani real global muammolar bilan birlashtiradigan maydon. Mashg‘ulotlar davomida siz: • Xalqaro ommaviy huquqning eng murakkab qirralarini o‘rganasiz; • Ingliz tilida professional memorandumlar yozishni o‘zlashtirasiz; • Auditoriya oldida notoqlik va argumentatsiya mahoratingizni charxlaysiz. 🎯 Asosiy maqsad: Elita safiga qo‘shilish! Siz shunchaki bilim olmaysiz, siz karyerangiz uchun "oltin chipta" yutib olishingiz mumkin. Bahorgi maktab yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan 5 nafar talaba 2026/2027-yilgi mavsumda universitetimiz sharafini xalqaro miqyosda himoya qiladigan "TSUL Jessup" jamoasi a’zosiga aylanadi! ⏱️ Vaqt sarflashga arziydimi? Agar maqsadingiz faqat diplom olish emas, balki dunyoning istalgan nuqtasida raqobatbardosh yurist bo‘lish bo‘lsa — ALBATTA! "Jessup" tajribasiga ega bo‘lgan talabalar xalqaro yuridik kompaniyalar va magistratura dasturlari (LLM) uchun eng jozibador nomzodlar hisoblanadi. 📅 Ilk qadamni tashlang: Sizni ochilish marosimida va birinchi darsda kutib qolamiz! 🗓🕙 25-aprel (Shanba), 10:30 📍 TDYU, 3-bino, 221-xona 😉Eslatib o‘tamiz: Dunyo xaritasida o‘z nomingizni qoldirish uchun bugun kichik auditoriyadagi minbardan boshlash kerak. O‘zingizni sinab ko‘ring! ⚖📚🎓🏆❤📊🏆🌟#tanlov#конкурс#сontest