TGINSIGHT CHAT
●═◄ 𝐊𝐈𝐔𝐓 𝐓𝐚𝐫𝐢𝐱 ►═●
@muarrixgurungi
EducationKimyo international university in Tashkent - (KIUT) YouTube: https://youtu.be/lPalrtHJf4Y?si=IjEfpSk0uthIxcrD Instagram: http://instagram.com//kiut_tarix Facebook: https://www.facebook.com/share/16NzA98zkT/ Muarrix jurnali: History.kiut.uz
최근 게시물
1페이지 / 84페이지 · 1,005개 게시물
#podcast Tarixchi olim Baxtiyor Alimjanov (@bakhtiyor1909) bilan boʻlgan podkast chiqibdi. Agar jiddiy gapiradigan boʻlsak, podkast juda chuqur mazmunli chiqibdi, garchi baʼzi oʻrinlarda u bilan rozi boʻlmasam-da — xususan, konstruktivizm nuqtayi nazaridan. Mening fikrimcha, asrlar davomida davom etgan qozoq va oʻzbek xalqlarining etnogenezi Muhammad Shayboniyxon koʻchib oʻtganidan keyin uzil-kesil shakllangan. Garchi, tan olaman, bu juda murakkab va bahsli masala. Muallif bilan mutlaqo hamfikr boʻlgan jihatim shundaki, turkiy xalqlar Yevropa XIX–XX asrlarda boshidan kechirgan millat qurish (millat shakllantirish) xatolaridan qochishlari kerak. Bunga olib boradigan yagona yoʻl bor — eski aqidalar (dogmalar), stereotiplar va asossiz imperiyachilik ambitsiyalaridan xoli boʻlgan, tanqidiy fikrlaydigan savodli avlodni tarbiyalashdir. Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) istiqbollariga kelsak. Mintaqaning yagona madaniy-iqtisodiy makonga (mustaqil davlatlar konfederatsiyasi shaklida va teng huquqlar asosida) integratsiyalashuvi utopiyadek tuyuladi. Ammo keling, hech boʻlmaganda urinib koʻraylik. Bu boradagi muvaffaqiyatning asosiy siri shundaki, harakat yuqoridan emas, pastdan (xalqning oʻzidan) boshlanishi kerak. Toshkentdagi oddiy novvoy, Sariyarka yoki Tyan-Shandagi choʻpon uchun "u yoqda, chegaraning narigi tomonida" oʻzimiznikilar borligi hamda maqsadlarimiz mushtarak — yaratuvchanlik, yuqori turmush darajasiga, qulaylik va taraqqiyotga erishish ekanligi yaqqol koʻrinib turishi lozim. Bularning barchasiga erishish va, eng muhimi, ularni saqlab qolishga esa faqat birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz bilan qodir boʻlamiz. https://youtu.be/8o0CT4KyPT4» 🌐Instagram ✅Telegram ✅Facebook 📹YouTube
Hashtags
게시됨 28일 전
Nimalarnidir noto‘g‘ri qilyapmiz, endi u dunyoga tarqalyapti – Mashrab mozaikasi Mashrab tavalludiga oid eng mashhur – 1640-yilda shoirning otasi ham tug‘ilmagan bo‘lsa kerak. Tadqiqotchilar doim ommaga taqdim qiladigan yuqoridagi uch-to‘rt sana atrofida ustozi Bozor oxund hali dunyoga kelmagan edi, bu aniq. Yo‘q, biz haqiqatan ham hanuz Mashrab huzuriga olib bormaydigan yo‘llarda yurgan ekanmiz. Batafsil:https://oyina.uz/uz/article/4722 Rasmiysahifalarimiz👇 Telegram | Instagram | X | YouTube
게시됨 28일 전
ABULXAYRIYLAR 1-qism ABULXAYRIYLAR — 906–1007 / 1500–99-yillarda Buxoro xonligini boshqargan sulolaning nomi. Yaqin vaqtgacha g‘arb adabiyotida ushbu sulola xato ravishda "Shayboniylar" (yoki "Shiboniylar") deb atab kelingan. Sulolaning asoschisi — Chingizxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘jining (vafoti 624/1227) to‘rtinchi o‘g‘li Shabon (Shibon) edi. Biroq, oltinchi avlodga kelib uning avlodlari ikki tarmoqqa bo‘lindi: Arabshoh b. Fulod tarmog‘i va Ibrohim-O‘g‘lon b. Fulod tarmog‘i. XV asrning birinchi choragida har ikki tarmoq Markaziy Osiyo dashtlarida (Dashti Qipchoqda) o‘zbek nomi bilan tanilgan ko‘chmanchilar ustidan oliy hokimiyatni qo‘lga kiritish uchun o‘zaro raqobatlashdi. 1429-yilda Ibrohim-O‘g‘lonning Abulxayr ismli nabirasi Sibirda o‘zbek ulusining oliy hukmdori etib saylandi va o‘zbeklarning ko‘p qismini o‘z hokimiyati ostida birlashtirdi. Shunga qaramay, uning 1468-yilgi vafotidan keyin ulus parchalanib ketdi. Keyinchalik uning nabirasi, tarixga Shiboniyxon (uning "Shiboniy" taxallusidan olingan bo‘lib, adabiyotlarda ko‘pincha xato ravishda "Shayboniy" deb ko‘rsatiladi) nomi bilan kirgan Muhammad Shohbaxt (hukmronlik yillari 906–16/1500–10) o‘zbeklarning bir qismini birlashtirib, ularni Temuriylar mulklarini zabt etishga yetakladi. Shiboniyxon asos solgan sulolaga nisbatan ilmiy adabiyotlarda keng qo‘llaniladigan "Shayboniylar" nomi — noto‘g‘ri transkripsiyadan tashqari — bir qator sabablarga ko‘ra chalg‘ituvchi hisoblanadi. Bu nom bevosita Shiboniyxonning o‘z nasliga tegishli bo‘la olmaydi, chunki undan hech qanday avlod qolmagan, u asos solgan o‘zbek davlatidagi hokimiyat esa ushbu urug‘ning boshqa tarmoqlariga o‘tgan. Bundan tashqari, "Shiboniylar" nomi Shabonning (Jo‘jining o‘g‘li) barcha avlodlarini qamrab olishi kerak, ya’ni buni ichiga ham Ibrohim-O‘g‘lon (va undan keyingi Abulxayr) tarmog‘i, ham Arabshoh tarmog‘i kiradi. XVI asrda Markaziy Osiyoda ikkita mustaqil sulolani tashkil etgan ushbu ikki tarmoqni bir-biridan farqlash uchun, Abulxayr tarmog‘ini Abulxayriylar, Arabshoh tarmog‘ini esa Arabshohiylar deb atash lozim.Abulxayriylar imperiyasi Markaziy Osiyodagi Temuriylar mulklarining o‘zbeklar tomonidan zabt etilishi natijasida vujudga keldi. Shiboniyxon 913/1507-yilda Hirotni egallaganidan so‘ng, juma xutbasida uning nomi Imom az-zamon va xalifat ar-rahmon ("Davr imomi va Rahmonning (Allohning) xalifasi") unvoni bilan o‘qildi, bu esa musulmon dunyosida oliy diniy va dunyoviy hokimiyatga da’vo qilishni anglatardi (Boldirev, 363-b.; Semyonov, 1954, 70-b.; Subtelni, 133-b.). Bu g‘arbdan turib Temuriylar hududlarini o‘zi ham zabt etib kelayotgan shia mazhabidagi Safaviylar sulolasiga va uning birinchi shohi Ismoil I ga (hukmronlik yillari 907–930/1501–24) yo‘llangan to‘g‘ridan-to‘g‘ri chaqiriq (tahdid) edi. O‘shandan boshlab Markaziy Osiyodagi o‘zbek sulolalari bilan Safaviylar hamda ularning Forsdagi vorislari o‘rtasidagi siyosiy va harbiy to‘qnashuvlar muntazam ravishda diniy tus olib bordi. 📚"Abulxayriylar" © Yuri Bergel 🌐Instagram ✅Telegram ✅Facebook 📹YouTube
게시됨 29일 전
Yuval Noy Xarari: Tarix va Gʻiybat Maʼlumki, hayvonlarning ham oʻzaro xavf-xatar, oʻlja va boshqa holatlar haqida xabar beradigan «tili» bor. Ammo muallifning fikricha, inson tili oʻzgachadir, chunki inson gʻiybat qila oladi va toʻqib chiqarilgan narsalarni — mif (afsona)larni yarata oladi. Aynan mana shu xususiyat, yaʼni oddiy mish-mish va gʻiybat, murakkab miflarni yaratish qobiliyati, Xararining fikricha, insoniyatga hayvonlar va neandertallardan oʻzib ketishga, jamiyatlar hamda davlatlar qurishga imkon bergan. Yaʼni ilk jamoa urugʻlari va kichik guruhlar ilgari katta birlashmalarga birlasha olmagan boʻlsa, keyinchalik mish-mish va miflarning ortidan keng jamoalarga aylandi. Muallifning aytishicha, davlat, jamiyat, yuridik shaxs kabi tushunchalarning barchasi — mif, tasavvur mahsulidir. Chunki ularni qoʻl bilan ushlab koʻrishning imkoni yoʻq. Xarari buni qadimgi baqshilar (shamanlar) harakati bilan solishtiradi: ular ham nogʻora chalib, marosimlar oʻtkazib, «endi bu odam podshoh, uning oʻz davlati bor» deb eʼlon qilishgan. Yaʼni barcha tashkilotlar va davlatlar — odamlarning umumiy ishonchi orqali yashaydigan xayoliydagi jamoalardir. Odamlar ushbu miflarga, mish-mishlar va gʻiybatlarga ishonishlari tufayli boshqa tirik jonzotlardan ustun kelishdi. Muayyan odamlarga (podshohlarga yoki ota-babolarga) gʻayritabiiy xislatlar toʻnkab, uning atrofida birlashdilar va davlatlar tuzdilar. Inson madaniyatining oʻzi ham — ana shu tasavvur va miflarning mahsulidir. Masalan, Chingizxon sulolasining tub negizi sanaladigan nirun-moʻgʻullarning onasi Alan-Goa quyosh nuri (shulasi)dan homilador boʻlgan degan afsona bor. Tarixni — aslida mish-mish va gʻiybatlarni oʻrganadigan fan deyish mumkin. Chunki tarix voqealarning oʻzini emas, balki oʻsha voqealar haqida yetib kelgan hikoyalarni, mish-mishlarni, gʻiybatlarni oʻrganadi. Hatto haqiqatga eng yaqin boʻlib koʻrinadigan amaldorlar va harbiylarning ichki hisobotlari, saroy yilnomalari, statistik maʼlumotlarning oʻzi ham — muayyan darajada mish-mishdir. Sababi, ularning barchasi ogʻzaki maʼlumotlarga, alohida shaxslarning qarashlariga tayanadi, ular esa har doim buzib koʻrsatilishi mumkin. Yaʼni bular ham — gʻiybat va mish-mishning murakkabroq koʻrinishidir. Tadqiqotchining bevosita kuzatuvi emas. Tarix fanining asosiy sohalari — manbashunoslik va tarixshunoslikdir. Agar ushbu fikrni davom ettirsak, manbashunoslik — mish-mish va gʻiybatga qilinadigan tan dildir. Tarixning oʻzi esa — ushbu tanqiddan oʻtgan maʼlumotlarni tahlil qilish va ularni tushuntirish orqali haqiqatda nima boʻlganini tiklashga intilishdir. Boshqa tadqiqotchilarning talqinlarini koʻrib chiqish esa — tarixshunoslikdir. Tarixning asosiy predmeti — jamiyatlar, davlatlar, xalqlar haqidagi miflarni, odamlar toʻgʻrisidagi mish-mish va gʻiybatlarni oʻrganishdir. Uning ahamiyati ham shundadir. Chunki tarix insonni inson qiladigan bosh xususiyatni — Xarari aytgan mish-mish, gʻiybat va mif yaratish qobiliyatini oʻrganadi. Shu sababli tarix gumanitar, yaʼni insonshunoslik fanidir. Tarix bilan fan sifatida shugʻullanishning eng bosh foydalaridan biri — atrofingdagi dunyoning koʻp qismi mish-mish va gʻiybatga asoslanganini tushunish hamda ana shularning barchasiga tanqidiy koʻz bilan qarashni oʻrganishdir. 🌐Instagram ✅Telegram ✅Facebook 📹YouTube
게시됨 29일 전
Buyuk ipak yoʻli 1877-yilda ushbu terminni nemis geografi Ferdinand fon Rixtgofen muomalaga kiritgan boʻlib, u Xitoy ipaklari Xan imperiyasidan (mil. avv. 206 y. — mil. 220 y.) Markaziy Osiyoga eksport qilingan yoʻnalishlarni shunday atagan. Biroq, oʻshandan beri bu termin kengroq maʼno kasb etdi va goʻyo Xitoyni Gʻarb bilan bir necha asrlar davomida bogʻlab turgan barcha savdo aloqalarini anglatadigan boʻldi, to Buyuk geografik kashfiyotlar davrida ularning oʻrnini dengiz savdosi egallagunga qadar. Bunday savdo Markaziy Osiyo iqtisodiyotining asosi va uning sivilizatsiyasi hayotiyligining garovi boʻlib xizmat qilgan deb hisoblanadi. Ushbu taʼkidda bahsli jihatlar kam emas. Eng serdaromad savdo sharqdan gʻarbga emas, balki shimoldan janubga qarab olib borilgan, qolaversa, oʻsha paytda ushbu Gʻarb (yaʼni Yevropa) muhim savdo hamkori boʻlmagan. Yoʻlning bir chetidan ikkinchi chetiga juda kam tovar va undan ham kam odam harakatlangan. Eng muhimi, Buyuk ipak yoʻli konsepsiyasi Markaziy Osiyoni mustaqil hodisadan shunchaki yoʻl boʻyidagi chekka hududga (chet elga/chegaraga) aylantirib qoʻyadi. Bu konsepsiya aniq bir tarixiy voqealikning tavsifi sifatidagidan koʻra, madaniyatlararo aloqalarning metaforasi (oʻxshatishi) sifatida ancha katta qiymatga ega. Adib Xolid Buyuk ipak yoʻli haqida. 🌐Instagram ✅Telegram ✅Facebook 📹YouTube
게시됨 29일 전
🤩 Buxoro Arki (qoʻrgʻoni) Necha asr qulamagan yovga bu qalʼa. 🌐Instagram ✅Telegram ✅Facebook 📹YouTube
게시됨 29일 전
🟦🟦🟦 😊 Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Tarix kafedrasi dotsenti, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Ustoz Rahmon aka Muhammadiyev (@rakhmankhan) bilan "Muarrix gurungi" ilmiy-ommabop media podcasti suratga olish jarayonidan 📸. Moderator: @FaxriddinEgamberdiyev. 🌐Instagram ✅Telegram ✅Facebook 📹YouTube
게시됨 29일 전
게시됨 5월 24일
🤚 FASHIZMNING ASOSIGA AYLANGAN «ARIYLAR IRQI» AFSONASI QANDAY PAYDO BO‘LGAN EDI? 🤚 Germaniyada milliy-sotsializm davrida «ariylar» so‘zi kundalik hayotda keng qo‘llanilgan bo‘lsa-da, natsistlarning «irqiy nazariyotchilari» bu atamaga katta ehtiyotkorlik bilan yondashishgan. Ular bu tushunchaning aslida lingvistik (tilshunoslikka oid) termin ekanini, irsiy-jismoniy belgilarni emas, balki tillarning o‘zaro qarindoshligini anglatishini yaxshi eslashardi. Shu bois, ular o‘z targ‘ibotlarida ko‘proq «nemis qoni yoki unga qondosh qon» iborasini ishlatishni ma’qul ko‘rishgan. Biroq «ariylar irqi» haqidagi gap-so‘zlar «Uchinchi reyx» paydo bo‘lishidan ancha avval boshlangan edi. 🙏 Arxeologik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, «ariylar» tushunchasining o‘zi ikki ming yildan ziyod tarixga ega. Taxminan miloddan avvalgi 500 yillarda Fors shohi Doro I hozirgi Eron hududidagi qoyaga quyidagi so‘zlarni o‘yib yozdirishni buyurgan: «Men Doro, ulug‘ shohman... forsman, forsning o‘g‘liman, ariyman, ariylar avlodidanman». Sanskrit tilida «Arya» so‘zi ayrim manbalarga ko‘ra «uy egasi», boshqalariga ko‘ra esa «aslzoda», «sharafli» degan ma’nolarni anglatgan hamda Hindiston va Eronning o‘xshash tillarda so‘zlashuvchi xalqlarini ifodalash uchun xizmat qilgan. Tilshunoslar esa bu atamani hind-eron tillari guruhida gaplashadigan xalqlarga nisbatan qo‘llashgan. 🔐XIX asrning o‘rtalariga kelib, «ariylar» atamasi ilk bor fransuz yozuvchisi va diplomati Jozef Artyur de Gobino tomonidan irqiy mazmunda qayta talqin qilindi. U o‘zining «Inson irqlarining tengsizligi haqida esse» nomli asarida insoniyatni «oq», «sariq» va «qora» irqlarga ajratadi. Gobino, shuningdek, «nordik irq» tushunchasini ham to‘qib chiqarib, uni ariylar irqi deb ataydi. Yozuvchi bu irq boshqalardan ustun ekanini da’vo qilib, «irqlarning qorishib ketishi» og‘ir oqibatlarga olib kelishidan ogohlantiradi. Gobinoning bu uydirmalari hech qanday ilmiy asosga ega bo‘lmasa-da, tez orada ommalashib ketdi. 🔥Bu g‘oyalarni 1899 yilda ingliz-nemis falasafi Xyuston Styuart Chemberlen o‘zining «XIX asr asoslari» nomli kitobida yanada radikallashtirdi. U insoniyatga ma’lum bo‘lgan barcha sivilizasiyalarni go‘yoki «tevton» yoki «ariy» irqi yaratgani va ular boshqalardan ustun ekani haqida yozdi. Muallif «irqiy kurash»ni jahon tarixning bosh harakatlantiruvchi kuchi deb hisoblardi. U «somityarlarni» [Izoh: Yaqin Sharqdagi qadimgi va zamonaviy xalqlar, jumladan, yahudiy va arablar nazarda tutilmoqda] tartib va civilizasiyaning asosiy kushandalari deb atadi, yahudiylarni esa «ariylar»ga nisbatan «past tabaqali» dushmanlar sifatida tasvirladi. 🤚1923 yilda Gitler Chemberlen bilan shaxsan uchrashdi. Shu tariqa, Gobinoning xayoliy uydirmalaridan tortib natsistlarning konslagerlarigacha bo‘lgan mudhish yo‘lni bosib o‘tish uchun insoniyatga atigi bir necha o‘n yil kifoya qildi. 🗺Bugungi kunda biologik nuqtai nazardan insoniyatda hech qanday irqlar mavjud emasligi fanda to‘la isbotlangan. Shunga qaramay, bu soxta tushuncha dunyoning turli mamlakatlaridagi irqchilar tomonidan hanuzgacha faol qo‘llanib kelmoqda. 🌐Instagram ✅Telegram ✅Facebook 📹YouTube
게시됨 5월 24일
Ossuriyaliklar kelib chiqishi boʻyicha oriylar boʻlganmi? XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Yevropada ayniqsa, fashistik Germaniyadagi irqiy nazariyalarda "oriy" tushunchasi oʻzining haqiqiy ilmiy (lingvistik) maʼnosidan uzib olingan. Oʻsha davr soxta olimlari Yaqin Sharq va Mesopatamiyaning buyuk qadimgi sivilizatsiyalarini shuningdek, baʼzan Ossuriya jangovar madaniyatini ham oʻzlarining idealizatsiya qilingan "jangovar va hukmron oriy irqi" konsepsiyasiga moslashtirishga yoki sunʼiy bogʻliqlik qidirishga urinishgan. Biroq zamonaviy fan va tarixiy manbalar buni qatʼiyan rad etadi: Ossuriyaliklar — sof somiy (semit) xalqidir. 🌐Instagram ✅Telegram ✅Facebook 📹YouTube
게시됨 5월 24일
“Bu kitobumrimni oxiriga yetkazdi” – Qoshg‘ariy umrini bag‘ishlagan asar Hali ayrim xalqlar avratini yopishga fahmi yetmay turgan bir pallada ijtimoiy hayot, moddiyat haqida emas, til haqida, adabiyot, tibbiyot ilmlari haqida shunday ulkan obida vujudga keldi. Bu dafina esa biz turkiylarga tegishli. Batafsil:https://oyina.uz/uz/article/4723 Rasmiysahifalarimiz👇 Telegram | Instagram | X | YouTube
게시됨 5월 24일
✨Tasavvuf va tariqatlar Tasavvuf uchun — Ollohning birligi, Olloh va olamning porlab turishi, fano boʻlish, orif shaxsining tangri taolo bilan ruhan birlashib ketishi kabi mushohadalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu oqim namoyandalari va tarafdorlarini soʻfiylar deb ataganlar va “soʻfizm” atamasi shundan paydo boʻlgan. Ilk soʻfiylar aholining kambagʻal toifasi orasida shakllangan. Ularning qarashlari istilochilar zulmi, adolatsizlik, ijtimoiy tengsizlikka qarshi norozilik belgisi sifatida ham yuzaga kelgan. Tasavvufning muhim jihatlari yirik musulmon ilohiyotchisi Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-Gʻazzoliyning (1059—1111) “Diniy ilmlarning tiriltirilishi” asarida bayon etilgan. Ul zot dunyo qonuniyatlarini aql orqali bilishni eʼtirof etgan, lekin Ollohni aql bilan anglash mumkin emasligini taʼkidlaganlar. U faqat qalb, maxsus ruhiy harakatlar — iltijo-ibodatlar koʻmagida bilib boriladi. Mantiq, tabiatni bilish Ollohni tanishga xalal bermasa, ular ahamiyatlidir, agar aksincha boʻlsa, ularning maqomi chegaralanadi. Rasmiyatchilik, aqidachilikni tasavvuf ahli qabul qilmagan. Ularning fikricha, iymon-eʼtiqodning mohiyati Ollohdan boshqa narsaga muhtoj boʻlmaslik, hech qanday mulkning quliga aylanmaslik, boriga sabr-qanoat qilib yashashdir. Ollohga yetishish uchun qalbni poklash, nafs balosidan ozod boʻlish darkor. Ana shundagina inson dili nur bilan toʻladi, nuqsonlarni boshqalardan emas, oʻzidan izlaydigan darajaga koʻtariladi, Haq sari yaqinlashadi, bemaʼni qarash va tushunchalarning qullik kishanidan oʻzini ozod qiladi, chunki inson qalbi hurdir. Tasavvufda kubraviya, yassaviya, naqshbandiya tariqat-suluklari keng tarqalgan. 🌐Instagram ✅Telegram ✅Facebook 📹YouTube