게시물 내용
💻"Dasturchi", "Programmist", "Aytishnik" shunga o'xshash terminlarni eshitsangiz hayolingizga chet el filmlaridagi xakerlar va ayg'oqchilarning ma'lumot o'g'irlab, darknetda sotishi kelishi mumkin. 🧐 Xo'sh, aslidachi? Aslida maza qilib YouTube, Instagram va boshqa platformalarda ko'rayotgan kontentlaringiz ham aynan ularning sharofati bilan internetda mavjud. 🛍 Uyingizda o'tirib, Telegramdagi botlar orqali taom buyurtma qilishingiz-u, uyda o'tirib, "Yandex Taxi" chaqirishingizgacha aynan "IT" sohasi vakillarining hissasi katta. 🤓Ho'p, innankeyinchi... "IT" har sohaga yechim bo'la olyapti. Ba'zi korxonalarda yuzlab ish o'rinlari aynan AKT sabab 50%ga qisqaryapti va bu jarayon ishchi kuchini kamaytirmoqda. Bu fakt. 🤑Shuncha ishni qilayotgan dasturchilarni daromadi qancha? ❗️ Oyiga 1 000$ - 10 000$. 🏃♂️ Futbol tamom, endi dasturchi bo'laman! Qayerdan, qanday qilib o'rganaman, deb buni global muammo sifatida ko'rish esa dangasaning ishi. 💬 "Biron bir masalaga oson yechim izlasang, uni dangasadan so'ra. Chunki ular har doyim yengil yo'lni taklif etadi", - degan gap ham shu joyga mos tushsa kerak-a?! ☝🏻 Ammo, siz dasturchi bo'lmoqchi bo'lsangiz dangasalik haqida o'ylamang ham. Shunchaki o'z innovatsion yechimlaringiz bilan boshqalarni "dangasa"ga aylantiring. Hoziroq ishga kirishing va ichingizda yongan olovni so'ndirmang. Natijani guruhda aytarsiz... ©️ hashtaguz @phpdevelopersuz | Obuna bo'ling