게시물 내용
Bugun qiziq bir voqea bo’ldi. Ishxonada ustalar ishlashyapti ekan, telefonda gaplashib turgandim karidorda bitta usta yonimga kelib kutib turibti shundo qarasam yoshlikda birga katta bo’lgan maktab vaqtlarini birga o’tkazgan yaqin o’rtog’im. Salomlashdik gaplashdik va 1-bergan savoli «Bu yerda praktika qilyapsanmi ?» - Men: «Yo’q shu yerda ishlayman» - U: «Qaysi universitetni tugatding 😳 ?» - Men: «Hech qanaqa Universitetni tugatmadim !» - U: «Kim bo’lib ishalyapsan bu yerda ?» - Men: «Dasturchi bo’lib ishlamyapman» - U: «(yerga qarab) Ha o’zing tanlagan soxangdan ketipsanda ?» - Men: «Ha shunday» To’g’risi vaqtida yaqin o’rtog’larimni orasidan ketishga majbur bo’lganman. Chunki o’sha vaqtda (bu tahminan 2015 - yillar) IT soxasini o’rganishni boshlagan vaqtlarim edi shu sabab ko’chaga chiqishga umuman vaqt bo’lmas edi. A ularda aksincha har kun ko’chada (har xil joylarda, har xil ichimliklar …) meni chaqirishardi lekin vaqt muammosi sabab va xohlamasligim sabab ko’p xollarda rad javobini berardim. Va har xil haqoratli gaplar eshitardim ulardan. Gapni qisqa qilib aytganda hech kim ishonmas edi menga «Ertalabdan kechgacha kompyuterda o’tirasan boshqa ishing yo’q kompyuter o’ynashdan» degan va shunga o’xshash gaplar edi. Va vaqt o’tdi oradan va shukur oldimga qo’yilgan maqsadlarim ket-ket amalga oshmoqda. Ba’zida o’sha paytda to’g’ri qaror qabul qilganimga xursand bo’laman. Maqsad qo’ying va harakat qiling. Ucholmasangiz unda Yuguring. Agar Yugurolmasangiz unda Yuring, agar Yurolmasangiz unda Emaklang … bu bilan nima demoqchiman hech qachon harakatdan to’xtamang sababini qilib bersangiz barcha qo’ygan maqsadlaringizga erishasiz. ©Umidjon Mukhtorov