#foydali
Sizlar uchun jamoa bilan online "e-tasbeeh" nomli tasbex yaratdik. Tasbex tortirshni bilmaydiganlar ham o'rganib olishlari mumkun🌝
P.S. Oson ko'ringani bilan, ancha ish yotibdi😅
👨💻Shakhzod, Sirojiddin va XursandDev#react
🔗Do'stlaringizga "forward" qilishni unutmang, zero ular salovat aytsa savobi sizga ham bizga ham inshaAlloh tegadi degan umiddamiz😇
👉e-tasbeeh
🛡Biz bir necha soniya ichida saytlarning xavfsizligi tekshirish
Google Chrome uchun WebOfTrust kengaytmasi sizni tarmoqdagi zararli saytlar va firibgarlardan himoya qiladi.
Siz ma'lum bir veb-sahifaga tashrif buyurish arziydimi yoki yo'qligini oldindan bilib olishingiz mumkin. Bu ranglarbilan ajratiladi, siz ularni qidiruv paneli yonida ko'rasiz:
🟢 Yashil - sayt xavfsiz.
🟡 Sariq - ehtiyot bo'ling, xavf bor.
🔴 Qizil - bu saytga kirmagan ma'qul, tahdidlar aniqlangan.
👉@ITMastersUz | #foydali
Mashhur sayt va platformalarning "suyangan tog'i"
LinkedIn — dunyodagi eng katta professional tarmoq, 930 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega.
Netflix — 232,5 million foydalanuvchilarga dunyo bo'ylab filmlar va seriallarni online tomosha qilish imkonini beradi.
Walmart — global miqyosda chakana savdo giganti, oyiga 80 milliondan ortiq mijozlarga xizmat ko'rsatadi.
Medium — maqolalar va bloglar platformasi bo'lib, oyiga 60 milliondan ortiq foydalanuvchilarni qamrab oladi.
Bularning barchasi interfeys yuklanish vaqtini qisqartirish va dastur tezligini oshirishga Node.js orqali erishgan.
✅Node.js texnologiyasini o'rganish uchun sizga munosib joyni tavsiya qilamiz.
Ro'yxatdan o'tib qo'ysangiz bo'ladi.
Bemalol o'qiyvering, urishmas ekan :)
👉Bizning barcha loyihalar | #foydali
#foydali
⚡️Bu faylda essening kirish qismini shakllantirishga doir ketma-ketlik toʻla yoritilgan.
Manfaatli boʻlsin!
Kanalimiz:
https://t.me/Onatili_Izamov
#foydali
Mohigul ustoz tomonidan shaxsiy kanalida darslik adabiyotlari yuzasidan bepul online darslar oʻtib borilayotgan ekan. Attestatsiya imtihonlariga tayyorlanuvchi ustozlar uchun manfaati tegadi.
Darslar bu yerda olib boriladi 👉Ustiga bosing!
Ta’lim reklamasi!
#foydali II smena imtihonlarida ishtirok etuvchi talabgorlar!
Ruju
Tajohil ul - orif
Tardi aks
Husni ta'lil
Istixroj
Shu san'atlarni bir ko'zdan kechirib qo'ying!
Kanalimiz:
https://t.me/Onatili_Izamov
⚡Faol tasviriy ifodalar ro'yxati
#foydali
Ayni paytda nutqimizda faol foydalanadigan tasviriy ifodalar bir ro'yxatda jamlandi. Esse yozayotganda asqatib qoladi!
Kanalimiz:
https://t.me/Onatili_Izamov
#foydali
🔹 Talmeh (arabcha "nazaro solmoq, ko'z qirini tashlash) san'atida - shoir qahramon siymosini gavdalantirishda uni o'tmishdagi mashhur adabiy, diniy yoki tarixiy qahramonlar bilan qiyoslaydi, o'xshatadi; goho o'sha o'tmish qahramonlari ismi-shariflari aytilmay, ular bilan bog'liq voqealar esga olinishi ham mumkin. Har ikki holda ham talmeh san'ati sodir bo'ladi.
📝 Misol: Ko'p o'qurdum Vomiq-u Farhod-u Majnin qissasin,
O'z ishimdin bul ajabroq dostone topmadim.
🔸 Tanosub (arabcha "bir-biriga munosib") san'atida bir-biriga uyadosh, mutanosib bo'lgan so'zlar ishlatiladi va ular vositasi bilan lirik (kayfiyat, kechinma) qahramonning qiyofasi go'zal ifoda etiladi.
📝 Misol: Ko'z birla qoshing yaxshi, qabog'ing yaxshi,
Yuz birla so'zing yaxshi, dudog'ing yaxshi,
Eng birla menging yaxshi, saqog'ing yaxshi,
Bir-bir ne deyin boshdin-ayog'ing yaxshi
Kanalimiz:
https://t.me/Onatili_Izamov
⚡️Mubolag‘a – Juda oshirib aytish, bo'rttirish.
#foydali
Bu san’atda biror voqea yoki xususiyat haddan tashqari oshirib yoki kamaytirib aytiladi.
Misol:
✔ "Sen kulsang, quyosh ham porlaydi." ➡ (Kulgi bilan quyosh porlashi oshirilgan ) .
✔ "Daryo ko‘z yosh to‘kdi." ➡ (Daryo ko‘z yoshi to‘ka olmaydi, mubolag‘a bor ) .
Oson usul:
Agar gapda imkonsiz yoki haddan tashqari oshirib aytish bo‘lsa, bu mubolag‘a.
Shuningdek, mubolag'a 3 turga bo'linadi:
a) Tablig' - tasavvur qilish ham mumkin, hayotda ham ro'y berishi mumkin bo'lgan yolg'on :
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro' kelmadi,
Ko'zlarimg'a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
❗️Bir kechani tong otguncha uxlamay o'tkazish mumkin.
b) Ig'roq - tasavvur qilish mumkin, ammo ro'y bermaydigan yolg'on :
Otlar kishnar, qizlar kuylar, tinmay ishlar dehqonlar,
Quyosh oltin buloqdir, qaynar, toshar...
❗️Quyoshning oltin buloq kabi qaynab toshishini tasavvur qila olamiz , ammo hayotda ro'y bermaydi.
c) G'ulu - tasavvur qilish ham , hayotda yuz berishi ham mumkin bo'lmagan, o'ta darajada kuchaytirilgan yolg'on:
Boshimg'a yoqqon g'am toshin mingdin biricha bo'lmag'ay,
Gardun agar ming Besutun yog'dursa, Farhod ustina.
❗️Dunyo Farhod ustiga Behustun tog'ini qulatsa ham, oshiqning boshiga tushgan g'amning mingdan biricha bo'la olmasligi bu yerda yaqqol G'ULUdir.
Manfaatli boʻlsin!
Kanalimiz:
https://t.me/Onatili_Izamov
#foydali
Xudoyberdi To'xtaboyev xotiralariga bag'ishlangan IV insholar tanloviga start berdik, g'olibga 💰pul mukofoti topshiriladi, nominatsiya g'oliblariga esa televizor.
Ishtirok etish uchun shunchaki @insholarbot ga yozasiz, tamom.
Maktab o'quvchisi yoshidagi tanishlaringiz bo'lsa yuborib qo'yarsiz)
@isakovxusniddin
Noutbuk brendi qanchalik muhim?
🤔 Yangi noutbuk sotib olishda ko'pchilikni shu savol o'ylantiradi: "Qaysi brenddagi noutbuk yaxshi?"
💻 Hammasi zo'r. Lenovo, HP, Dell, Asus, Acer barchasi sifatli noutbuk ishlab chiqaradi. Balki ularning qaysi biriningdir dizayni sizga yoqmasligi mumkin, lekin noutbuk yaxshi.
⚙️ Notebook olayotganda brendga e'tibor bermang. Noutbuk xususiyatlari muhimroq. Noutbuk qancha kuchli bo'lsa uning narxi ham shuncha "kuchli" bo'ladi.
📊 Ma'lumotlarga ko'ra, quyida notebook ishlab chiqaruvchilarining qaysi biri yetakchilik qilayotganligini ko'rishingiz mumkin:
• Lenovo — yiliga 62.97 mln noutbuk ishlab chiqaradi.
• HP — 57.92mln
• Dell — 43.96 mln
• Apple — 18.35 mln
• Acer — 14.76 mln
• Asus — 14.48 mln
💠 Shuningdek, Microsoft ham o'zining Surface nomli noutbuklarini ishlab chiqaradi. Apple'niki o'zingiz bilasiz.
Menda ASUS. Sizdachi?
👉🏼Birinchi raqamli windows blog | #foydali
Noutbuk brendi qanchalik muhim?
🤔 Yangi noutbuk sotib olishda ko'pchilikni shu savol o'ylantiradi: "Qaysi brenddagi noutbuk yaxshi?"
💻 Hammasi zo'r. Lenovo, HP, Dell, Asus, Acer barchasi sifatli noutbuk ishlab chiqaradi. Balki ularning qaysi biriningdir dizayni sizga yoqmasligi mumkin, lekin noutbuk yaxshi.
⚙️ Notebook olayotganda brendga e'tibor bermang. Noutbuk xususiyatlari muhimroq. Noutbuk qancha kuchli bo'lsa uning narxi ham shuncha "kuchli" bo'ladi.
📊 Ma'lumotlarga ko'ra, quyida notebook ishlab chiqaruvchilarining qaysi biri yetakchilik qilayotganligini ko'rishingiz mumkin:
• Lenovo — yiliga 62.97 mln noutbuk ishlab chiqaradi.
• HP — 57.92mln
• Dell — 43.96 mln
• Apple — 18.35 mln
• Acer — 14.76 mln
• Asus — 14.48 mln
💠 Shuningdek, Microsoft ham o'zining Surface nomli noutbuklarini ishlab chiqaradi. Apple'niki o'zingiz bilasiz.
Menda ASUS. Sizdachi?
👉🏼Birinchi raqamli windows blog | #foydali