TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← IT news | Tg Bots
IT news | Tg Bots avatar

TGINSIGHT POST

Post #2463

@phpdevelopersuz

IT news | Tg Bots

조회수366게시물 조회수
게시됨7월 22일2022. 07. 22. PM 07:09
내용

게시물 내용

MIUI 13.5 emas, MIUI 14! Google o'zining Android 13 operatsion tizimi barqaror versiyasini keyingi oyda chiqarishga tayyorlanyapti, shu bilan birgalikda, unga asoslangan Samsung'ning One UI, Xiaomi'ning esa MIUI qobiqlari ham birin-ketin chiqarilishi kutilmoqda. Janubiy Koreya kompaniyasi, Samsung, o'zining Galaxy'lari uchun One UI 5.0 yangilanishini allaqachon test qilishni boshlab yuborgan. Xiaomi'ga kelsak, u yaqinda MIUI 13 davomchisi, MIUI 13.5 ni chiqarishi mish-mish qilinayotgan edi, lekin endigi xabarlarga ko'ra, kompaniya Android 13 ga asoslangan to'liq versiya, MIUI 14 ustida ishlamoqda. 📣 IT news | ©Terabayt.uz 22.07.2022