TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
내용
게시물 내용
200MP kamerali Xiaomi smartfonining jonli surati tarqatib yuborildi O'tgan haftada taqdim qilgan Moto X30 Pro smartfoni bilan Motorola dunyodagi ilk 200MP kamerali mobil telefon ishlab chiqargan kompaniya bo'ldi. Ammo, uning "bittaligi" uzoqqa bormaydiganga o'xshaydi, bir necha haftadan beri Xiaomi'ning ham 200MP kamerali smartfoni haqida mish-mishlar tarqalmoqda. Uzunquloqning "Redmi K50 Ultra ana shunday kameraga ega bo'ladi" degan gaplari biroz noto'g'ri bo'lib chiqdi, smartfon 108MP kamera bilan e'lon qilindi. Lekin, Xiaomi rostdan ham rekord darajadagi kamera sensoriga ega smartfon ustida ishlayotgan ko'rinadi, bu safar quruq gap emas, balki, smartfonning jonli surati tarqatib yuborildi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 16.08.2022