TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
내용
게시물 내용
Xiaomi'ning navbatdagi Ultra smartfoni global bozorga chiqariladi Garchi Xiaomi butun dunyo bo'ylab tanilgan smartfon brendi bo'lsa ham, kompaniyaning asosiy biznesi uning ona vatani, Xitoyda joylashgan. Ba'zan, Xiaomi o'zining ayrim smartfonlarini global bozor, xususan, AQSh, Yevropa, Hindiston va boshqalar uchun chiqarsa, ba'zilarini faqat Xitoy uchun eksklyuziv qilib chiqaradi. Shulardan biri, kompaniya o'tgan oyda taqdim qilgan Xiaomi 12S seriyasi bo'lib, ushbu qatordagi Xiaomi 12S Ultra modeli kompaniya ishlab chiqargan eng zo'r flagmanlarning biri bo'ldi. Biroq, biroz avval aytilganidek, uni faqat Xitoyda sotib olish mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 29.08.2022