게시물 내용
Samsung harbiy darajada qattiq himoyalangan Galaxy Tab Active 4 Pro planshetini taqdim qildi Afsuski, hozirgi nozik va nafis dizaynda chiqarilayotgan mobil qurilmlar ofisdan tashqarida, turli xil sharoitlarda ishlovchilar uchun muqobil variant bo'la olmaydi. Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi ushbu muammoga o'zining yangi Galaxy Tab Active 4 Pro plansheti bilan javob berdi. Ortiqcha dabdabalarsiz taqdim qilingan qurilma harbiy darajadagi qattiq himoyalangan bo'lib, u ekstremal sharoitlar uchun AQSh harbiy kuchlarining MIL-STD-810H sertifikatiga, shu bilan birga, suv va changga chidamliligi uchun IP68 reytinggiga ega. Aytish kerakki, planshet 1-1.2 metr balandlikdan tushib ketishdan yoki 1.5 metr chuqurlikdagi suvda yarim soatlab qolib ketishdan "qo'rqmaydi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 01.09.2022