TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
내용
게시물 내용
Apple Pro modeldagi iPhone 14 tirqishlari orasidagi bo'shliqdan ham foydalanib qolmoqchi Apple'ning bo'lajak iPhone 14 qatoridagi smartfonlari yangicha dizaynga ega bo'lishi deyarli bir yildan beri mish-mish qilib kelinmoqda. Uzunquloq xabarlari yangi avlod seriyasidagi Pro modellar Face ID va selfi kamera sensorlari uchun yotqizilgan "i" shaklidagi ikki xil tirqishga ega bo'lishini tasdiqlaydi. Biroq, so'nggi xabarlar Apple ular orasidagi bo'shliqni "to'ldirib" qo'yishini ma'lum qilmoqda. Bu haqida MacRumors o'zining anonim manbalariga asoslanib xabar bermoqda va buni keyinroq Bloomberg'dan Mark Gurman ham tasdiqlagan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 02.09.2022