TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← IT news | Tg Bots
IT news | Tg Bots avatar

TGINSIGHT POST

Post #2722

@phpdevelopersuz

IT news | Tg Bots

조회수99게시물 조회수
게시됨9월 26일2022. 09. 26. AM 06:04
내용

게시물 내용

iPhone 15 smartfonlari portida muhim o'zgarish bo'ladi Hali iPhone 14 smartfonlari chiqarilganiga 1 oy ham bo'lmadi, ammo, internetda Apple'ning navbatdagi smartfonlari seriyasi haqida bir qancha mish-mishlar tarqalib ulgurdi. Yaqinda ta'minot zanjiri tahlilchisi, Ross Young dinamik orol barcha iPhone 15 modellari - oddiy va Pro modellar uchun standart bo'lishini, taniqli Apple tahlilchisi Mark Gurman esa iPhone 15 smartfonlari yangi nom sxemasi bilan chiqarilishini, yoxud "Pro Max" brendi "Ultra"ga alishtirilishini ma'lum qilgan edi. Shuningdek, Gurmanning qo'shimcha qilishicha, Yevropa Ittifoqining 2024-yil kuzigacha barcha telefonlarni faqat USB-C porti bilan chiqarish qonunidan keyin Apple o'zining yangi avlod iPhone'larini ushbu xususiyat bilan sinovdan o'tkazmoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 26.09.2022