게시물 내용
Telegram'da navbatdagi firibgarlik: "Siz 3 oylik Premium obuna yutib oldingiz!" O‘zbekistonda Facebook, Instagram'dan ham ko‘ra Telegram messenjeri juda keng ommalashgan. Joriy yilning iyun oyida platforma o‘zining pullik obunasi, Telegram Premium'ni ishga tushirdi. U foydalanuvchilarga ilovadagi cheklovlarni ikkiga ko‘paytirish, kanallarda paydo bo‘ladigan reklamalarni o‘chirish, eksklyuziv stikerlar, maxsus emojilardan va ularni profilga status sifatida qo‘yish imkonini beradi. Uning narxi esa mamlakatlarga qarab turlicha belgilangan. Masalan, O‘zbekistonda Telegram Premium narxi 32,999 so‘mni bo‘lsa, yaqinda Hindiston uchun bu narx 179 rupiya (24,000 so‘m) ga tushirildi. Premium obuna taqdim qilinadigan bir necha oy o‘tib, Telegram'da uni boshqalarga 3, 6 yoki 12 oyga sovg‘a qilish xususiyati ham paydo bo‘ldi. Kecha Telegram'da xuddi shu Premium obunani sovg‘a qilish bilan bog‘liq yangi firibgarlik turi paydo bo‘ldi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 08.10.2022