TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
내용
게시물 내용
Windows kompyuter ishlatadigan iPhone egalari uchun xushxabar! O'zining kechagi Surface taqdimoti davomida Microsoft kompaniyasi Apple'ning iCloud bulutli xotira xizmati Windows 11'ning Photos ilovasi bilan integratsiyalashayotganini e'lon qildi. Ma'lum bo'lishicha, o'zlarining Windows kompyuterlariga iCloud dasturini Microsoft Store'dan yuklab olib, uni Windows'ning Photos ilovasi bilan sinxronlashtirish orqali, iPhone egalari smartfonlaridagi suratlarni kompyuterda ham ko'rish imkoniga ega bo'ladilar. Hozirda ushbu xususiyat Windows Insider dasturi foydalanuvchilari uchun ochiq, ya'ni u sinov versiyada. 📣IT news| ©Terabayt.uz 13.10.2022